Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari, yosh tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar, kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilari, ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Poytaxtimizdagi Imzo-Akfa fabrikasida mehnat qilayotgan mingdan ziyod ishchining yigirma besh foizi kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir. Korxona O‘zLiDePning Toshkent shahar kengashi bilan uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Joriy yilning so‘nggi ikki oyi mobaynida yigirmaga yaqin uyushmagan yosh ushbu korxonaga ishga joylashtirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda