Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi qoshidagi “Yosh liberallar” klubi tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi qoshidagi “Yosh liberallar” klubi tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi.Davlat va jamoat tashkilotlar vakillari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda “Yosh liberallar” klubining Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish guruhi 18-30 yoshgacha bo‘lgan izlanuvchan, tashabbuskor yoshlarni a’zolikka qabul qilish hisobiga shakllantirildi. Ularga amaliy yordam ko‘rsatish rejalari ishlab chiqiladi.
– Biz bunday muloqotlarni viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazamiz, – deydi partiya viloyat kengashi bo‘lim mudiri A.Hakimov. – Seminar, davra suhbatlari shaklida o‘tkaziladigan tadbirlar yosh tadbirkorlarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ko‘magida bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.