Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 11:39 Chop etish versiyasi

Yosh fermerlar ikki shart bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi

Navoiyda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida tashkil etilgan “Yosh fermer – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda yosh fermerlar 2 shart bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

Navbahor tumanidagi “Yangi zamin orzusi” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Ro‘ziyev birinchi o‘rinni egalladi. Qiziltepa tumanidagi “Kubaro Diyor” fermer xo‘jaligi rahbari X.Rahmonov ikkinchi, Nurota tumanidagi “Ozoda Elmurodova” fermer xo‘jaligi rahbari B.Eshmurodov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

– Xo‘jaligimiz tasarrufida 50 gektar ekin maydoni mavjud, – deydi Shahzod Ro‘ziyev. – Shu kunlar paxta terimini boshlab yubordik. G‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin undirib, kungaboqar, soya, mosh, lavlagi, sabzi, sholg‘om kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqdamiz. Xo‘jaligimizda 6 kishi doimiy ish bilan band.

Tanlov doirasida fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 816






Все о погоде - Pogoda.uz