Farg‘onada “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va kichik biznes subyektlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmlari” mavzuida seminar-trening o‘tkazildi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova rahbarligidagi delegatsiya a’zolari, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari tadbirkorlari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va boshqalar O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor xususida so‘z yuritdi.

YeTTB delegatsiyasi a’zolariga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida so‘zlab berildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirmay iqtisodiyotni yuksaltirib bo‘lmaydi, – dedi N.Xanjenkova. – O‘zbekistonda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar e’tiborga molik. “Imkon plyus”, “Andijon kabel”, “Jurabek laboratories” va boshqa kichik biznes subyektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olingan. Kichik va o‘rta korxonalar uchun maslahat berish va moliyalashtirish xizmatlari ehtimoliy dasturi, transchegaraviy savdo va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan savdoni moliyalashtirish, texnologiyalar va nou-xaular almashinuvini ta’minlash imkonini beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish vazifalari shular jumlasidandir.

Farg‘ona viloyatida 20 mingga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 63,4 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 48 foizni, aholi bandligidagi ulushi 81 foizni tashkil etayotir.

Viloyatda sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanib borayotganligi tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslari, chet el investitsiyalariga bo‘lgan talabi ham yildan-yilga ortmoqda. Farg‘ona viloyatini 2017-2021-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida 13 ming 524 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Seminarda tadbirkorlik subyektlariga kredit va grant mablag‘lari ajratish shartlari, O‘zbekiston Respublikasida YeTTB tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

– Musiqa asboblari ishlab chiqaramiz, – deydi Farg‘ona shahridagi “Zamin asl sadosi” oilaviy korxonasi rahbari Mamasodiq Mamadaliyev. – Oila a’zolarim bilan soz, tanbur, dutor, g‘ijjak kabi o‘ndan ortiq turdagi musiqa asboblarini mamlakatimizning turli hududlariga yetkazib bermoqdamiz. Endilikda bankdan kredit olib, faoliyatimizni yanada kengaytirish, mahsulotlarimizni eksport qilishni rejalashtirganmiz.

Seminar-treningda YeTTB vakillari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qator taqdimotlar o‘tkazilib, “Xususiy sektor uchun maslahat”, “Kredit liniyalari yordamida moliyalashtirish”, “YeTTB bilan hududiy hamkorlikni muhokama qilish” yo‘nalishlari bo‘yicha sessiyalar tashkil etildi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeTTB bilan hamkorlik rivojlanmoqda