Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bir yuz ellik mingdan ortiq fermer, qariyb to‘rt millionga yaqin qishloq xo‘jaligi sohasida xizmat qilayotgan ishchi, suvchi, mexanizator qolaversa, barcha yurtdoshlarimizni behad quvontirdi.

Ushbu farmon ijrosini to‘liq va sifatli tashkil etishda davlatimiz rahbarining joriy yil 10 oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra, yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishigacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin.

«Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yil 1-oktabrga qadar barcha tomorqa va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yerlardan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Shuningdek, endi har yili 1 fevralgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda hududdagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazadi. Bunda yil davomida ekiladigan ekin turlari, uning oila ehtiyoji va sotishga mo‘ljallangan qismi aniqlanib, ekinlarning to‘liq va sifatli ekilishi, agrotexnikasi yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.

– Bunday nazoratdan ko‘zlangan maqsad yerdan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, aholining real daromadlarini oshirishga qaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Agrar va suv masalalari qo‘mitasi a’zosi Feruza Ibragimova. – Shu bois yakka tartibda uy-joy qurish va obodonlashtirish uchun berilgan yerlarga asossiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekini ekmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer solig‘i stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qo‘llaniladi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida ekin ekilmagan bo‘lsa, mulkdorlarning yerga bo‘lgan huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Turmush farovonligini ta’minlayotgan, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalarini rag‘batlantirish tizimi ham takomillashtirildi. Xususan, shu maqsadda “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan ma’lum qilishlaricha, mazkur hujjatlarda yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofazalash masalalari ham aniq-ravshan aks etgan. Xususan, ular tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari bilan mahsulot yetkazib berish, bozor ma’muriyati bilan esa yetishtirilgan mahsulotni chakana sotish to‘g‘risida hamkorlik qilishlari mumkin.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga konsalting xizmatlari ko‘rsatish, malakasini oshirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, texnika bilan ta’minlash, tayyor mahsulotni tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda yangi tashkil etilgan yer egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari yordam ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, sohada mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, sifatli va xavfsiz mo‘l hosil olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerdan unumli foydalanaylik