Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Darmon sharbatlari” mevani qayta ishlash korxonasida tayyorlanayotgan sharbatlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnlogiyalarni keng tatbiq etish orqali ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qashqadaryo viloyati mirishkorlari tomonidan 2016-yilda aholi dasturxoniga 1,5 million tonnaga yaqin meva-sabzavot yetkazib berildi.

17.jpg

Quyosh nuriga to‘yingan, unumdor va bahavo hududlarda pishib yetilgan sarxil noz-ne’matlar g‘oyat mazali va foydali darmondorilarga boy bo‘ladi. Shu bois bunday mahsulotlarni yurtdoshlarimiz ham, xorijliklar ham birdek sevib iste’mol qiladi.

Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda viloyatda bu turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda faoliyat boshlayotgan korxonalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotir. 2016-yilda viloyatda 10 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot qayta ishlangan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich yanada ortishi kutilmoqda.

Yakkabog‘ tumanidagi “Darmon farm” xususiy korxonasiga qarashli "Darmon sharbatlari" mevani qayta ishlash korxonasida 1,5 va 3 litrlik idishlarda qadoqlangan meva sharbatlari ishlab chiqarilmoqda.

– Faoliyatimizni yaqinda boshlaganimizga qaramay, ishlab chiqarish hajmini kuniga 12 tonnaga yetkazdik, – deydi korxona texnologi G‘ofur Jo‘rayev. – Zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar bir kecha-kunduzda 20 tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega. Ayni paytda asosan olma sharbati tayyorlab, ichki bozorga chiqarmoqdamiz. Bizda uzum, anor va boshqa bir qator sabzavot mahsulotlarini ham qayta ishlab, sharbat tayyorlash imkoniyati mavjud. Sexlarimiz to‘la quvvat bilan ishlay boshlagach, mahsulotlarimiz turi yettitaga yetadi.

3.jpg

Zavodda ishlab chiqarish jarayoni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilgan. Uskunalar murakkab vazifalarni avtomatik ravishda bajarishi bois ish unumi va mahsulot sifati yuqori. Ushbu texnologiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, sharbat meva-sabzavot suvini siqib olish orqali tayyorlanadi. Dastlab xomashyo yaxshilab yuvib saralanadi, so‘ngra maydalagichdan o‘tkaziladi. Olingan suyuqlik esa filtrlanib, maxsus idishlarda 80 gradusgacha haroratda qizdiriladi. Bu sharbat tarkibida meva-sabzavotning tabiiy xususiyatlari saqlanib qolishiga imkon beradi. Tayyor mahsulot 1,5 va 3 litrli maxsus idishlar – akseptik paketlarga qadoqlanadi.

Mahsulot aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan xarid qilinmoqda. Qolaversa, bundan 3 yil avval 20 gektar maydonda tashkil etilgan intensiv bog‘ ham mevaga kirgan. Joriy mavsumda bog‘dagi har bir olma daraxtidan o‘rtacha 20-30 kilogrammdan hosil yig‘ib olinmoqda. Ular to‘lig‘icha qayta ishlashga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Bu kabi istiqbolli loyihalar amaliyotga tatbiq etilayotgani natijasida 30 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

– Yakkabog‘ agrosanoat kasb-hunar kollejini bitirganman, – deydi Yakkabog‘ tumanidagi Esat qishlog‘idan Nargiza Narmonova. – Tumanimizda mana shunday zamonaviy sanoat korxonasi ishga tushirilgani ayniqsa, biz, yoshlar uchun juda qulay bo‘ldi. Meva-sabzavotlarni tozalash uskunasida ishlayman. Korxonamizda ishchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.

Sanoat korxonalari orasida mustahkam o‘rin egallayotgan ushbu korxona mahsulotlari sifati va qulayligi bilan yirik buyurtmachilarga ham manzur bo‘lmoqda. Korxona vakillari joriy yil 6-8-sentabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tgan II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ishtirok etdi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar maxsus stendda keng iste’molchilar e’tiboriga havola etildi. Sarxil meva-sabzavotlardan tayyorlangan tabiiy sharbatlar chet ellik xaridorlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, rossiyalik hamkorlar sotib olish istagini bildirgan va kelishuvlarga erishilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkabog‘ dalalaridan eksportga