Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Tegirmonmontajservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tegirmon, shuningdek, yorma va omixta yem korxonalari uchun 100 dan ortiq turdagi uskuna va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilayotir.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlarining samarali faoliyat yuritishi uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor ushbu tarmoqning iqtisodiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rnini kengaytirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

– Faoliyatimizni 2009-yilda tegirmon va omixta yem korxonalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan boshlaganmiz, – deydi “Tegirmonmontajservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Alijon Eshqobilov. – Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yuksaltirish, import o‘rnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni kengaytirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Korxona dastlab donni qayta ishlash korxonalariga xorijdan keltirilgan ehtiyot qismlar va uskunalarni o‘rnatib bergan bo‘lsa, 2010-yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi uskuna va ehtiyot qismlar shu yerning o‘zida ishlab chiqarilayotir. Buning samarasida mahsulot tannarxi arzonlashdi. Ayni paytda bu yerda 15 ishchi mehnat qilmoqda.

Ichki bozorda o‘z o‘rniga ega korxona mahsulotlari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuqori sifati va qulayligi bilan buyurtmachilarga manzur bo‘lmoqda. Xususan, jamiyat tomonidan Rossiya texnologiyasi asosida Shahrisabz shahridagi “Don – xalq rizqi” aksiyadorlik jamiyatida sutkasiga 100 tonna urug‘lik bug‘doy tayyorlash sexi, Germaniya texnologiyasi asosida Qarshi shahridagi “Qashqadaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida 100 tonna urug‘lik bug‘doyni tayyorlash sexi, Turkiya texnologiyasi asosida Asaka shahridagi “Asakadonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida bir kecha-kunduzda 250 tonna bug‘doyni qayta ishlaydigan tegirmon sexlari qurilgani fikrimiz tasdig‘idir.

“Tegirmonmontajservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi joriy yilda yana bir yirik loyiha – Turkiyaning “Erkan Makina” kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil qildi. Hozir nol qiymatda olingan Kitob tumanining "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2 qavatli binoda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Un, omixta yem, kombikorma ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologiyalar turkiyalik hamkorlar bilan birga shu yerning o‘zida ishlab chiqariladi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun texnologiyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 2019-yilda ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan mazkur qo‘shma korxonada 50 yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 2 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy korxona zamonaviy uskunalar ishlab chiqaradi