Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlar guruhi joriy yil 16-fevral – 13-mart kunlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bank-moliya, iqtisodiyot, soliq, statistika tizimidagi islohotlar samaradorligini o‘rgandi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlar guruhi joriy yil 26-fevral – 13-mart kunlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bank-moliya, iqtisodiyot, soliq, statistika tizimidagi islohotlar samaradorligini o‘rgandi.

Bu haqdagi yakuniy xulosalarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha departamenti direktori maslahatchisi Albert Yeger matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda. Ular orasida jahon moliya tizimini monitoring qiluvchi institut – Xalqaro valyuta jamg‘armasi alohida o‘rin tutadi. Dunyoning istalgan mamlakatidagi moliyaviy-iqtisodiy vaziyat haqida mazkur tashkilot taqdim etgan axborot jahon hamjamiyati tomonidan haqqoniy va xolis, deb qabul qilinadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari O‘zbekistonda 2017-yilda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarni ijobiy baholadi. A.Egerning fikricha, mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etilgani to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Ayni paytda ish o‘rinlari yaratish masalasi eng ustuvor vazifalardan bo‘lib turibdi. O‘tgan yili bu masalani hal etish borasida dadil qadamlar tashlandi –tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga imkon qadar erkinlik yaratish, soliq va bojxona masalalarida imtiyoz va preferensiyalar berish yuzasidan ko‘plab qarorlar qabul qilindi.

Ekspertlar prognoziga ko‘ra, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 2018-2019-yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atini 5 foizga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, mutaxassislar qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, o‘z mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sohadagi ishbilarmonlarni rag‘batlantirishning samarali tizimi xususiy tadbirkorlar, korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda muhim qadam, deb hisoblamoqda.

Ekspertlar jadal iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan O‘zbekiston butun mintaqa farovonligi uchun katalizator vazifasini o‘tashi mumkinligini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston haqida yakuniy xulosalarini ma’lum qildi