O‘zA O`zbek

16.05.2019 11:16 Chop etish versiyasi

Xalq banki imtiyozli avtokredit xizmatini taklif qiladi

Xalq banki imtiyozli avtokredit xizmatini taklif qiladi

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan rasmiy dilerlar tarmogʻi orqali xarid qilish mumkin boʻlgan “GM Uzbekistan” AJ avtomobillarini olish uchun AT Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga avtokreditlar beriladi.

Ushbu kredit yillik 30 foiz ustama haq toʻlash, qarz oluvchi tomonidan avtomobil narxining 30 foizi miqdori dastlabki badalni toʻlash sharti bilan beriladi. Imtiyozli davr 3 oy etib belgilangan. Yaʼni ushbu davrda faqatgina oylik hisoblangan foizlar toʻlanadi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Kredit olish uchun ariza.

2. Ish joyidan oxirgi 12 oy davomida olgan daromad toʻgʻrisida maʼlumotnoma yoki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan maʼlumotnoma.

3. Avtomobil sotib olish shartnomasi.

Ushbu kreditni Xalq bankining ruspublikamizdagi mavjud 197 ta filiali orqali rasmiylashtirishingiz mumkin.




Reklama huquqi asosida 

OʻzA
13 054