O‘zA O`zbek

05.07.2019 16:42 Chop etish versiyasi

“UzAuto Motors” AJ uchta yangi model ustida ishlamoqda

“UzAuto Motors” AJ uchta yangi model ustida ishlamoqda

Avval xabar berganimizdek, 3-4 iyul kunlari “O‘zavtosanoat” AK tomonidan Farg‘ona vodiysiga media-tur tashkil qilindi.

Media-tur davomida OAV xodimlari “UzAuto Motors” AJ tizimidagi 6ta zavodda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir yakunida uyushtirilgan matbuot anjumanida “UzAuto Motors” AJ bosh direktori v.v.b. Rustam Rajabov O‘zbekiston avtosanoatida yangi modellar ustida ishlar boshlab yuborilganini ma’lum qildi.

4Y2A1074.JPG

4Y2A0729.JPG

- Avtomobilsozlikda har qanday modelning ham o‘z yashash davri bo‘ladi. Qaysidir model uch yilda o‘z davrini o‘tab bo‘ladi, boshqasi besh yilda, xullas, bu bozor talabiga bog‘liq jarayon. Bizda hozir “Matiz”, “Nexia-2” hamda “Orlando” rusumidagi avtomobillarni yig‘adigan konveyerlarimiz bo‘sh turibdi.

Zavodimizda ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish maqsadida ayni paytda “Trailblazer”, “Equinox” va “Traverse” rusumidagi yangi modellar ustida ishlayapmiz. Bu jarayon esa o‘z-o‘zidan amalga oshib qolmaydi. U katta kuch va mablag‘ talab qiladi. Shunga qaramay ushbu rusumdagi mashinalar “UzAuto Motors” zavodi 1996 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning yillik quvvati 300 ming dona avtomashina ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgacha zavodda yil davomida eng ko‘pi bilan 245 ming dona mashina ishlab chiqarilgan va bu quvvatga 2014 yilda erishilgan.

4Y2A0845.JPG

4Y2A0929.JPG

Joriy yil zavodda 250-270 ming dona atrofida mashina ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida zavodda 120 ming 5 dona mashina ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravar, 2017 yilning ayni shu davriga nisbatan esa uch baravarga ko‘p demakdir.

O‘zA
903