Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishda mikrokreditlashning o‘rni va ahamiyati mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy bank shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish, issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar sotib olish uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar bermoqda.

Bunda mikrosarmoyalar mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlarini sotib olish, baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun 1-yillik imtiyozli davr bilan 3-yilgacha, chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish uchun esa 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yilgacha bo‘lgan muddatlarda berilmoqda. Unabi va yong‘oq yetishtirish uchun 3-yillik imtiyozli davr bilan 5-yilgacha bo‘lgan muddatga sarmoya ajratilayotgani ham ko‘pchilikkka manzur bo‘layotir.

Anjumanda Milliy bank tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish, yoshlarning biznesga doir innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, xususiy sektorni rivojlantirishda barkamol avlod salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantirib kelinayotgani qayd etildi.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchisi yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, unga eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha, yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritadigan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha miqdorda kredit mablag‘lari ajratilmoqda.

– Kollej bitiruvchilariga kreditlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 12 oy muddatgacha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni tashkil etishga aylanma mablag‘larini to‘ldirish, asbob-uskunalarni sotib olishga 2-yil muddatgacha, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 3-yildan ortiq muddatga berilmoqda, – deydi Milliy bankning kredit departamenti boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Shoismatov. – Ana shu maqsadlarda joriy yilning sakkiz oyi davomida 2 mingdan ortiq bitiruvchiga 50 milliard so‘m miqdorida imtiyozli sarmoyalar ajratildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Unabi va yong‘oq uchun besh yillik sarmoya