Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi huzurida “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Prezidentimizning 2017-yil 21-apreldagi "2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan korxona hududda ekologiya va sanitariya muhitini yanada yaxshilash, shahar va qishloqlarning obod va ko‘rkam bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

“Toza hudud” davlat unitar korxonasining barcha tuman va shaharlarda filiallari ham tuzildi. Bankda hisobraqami ochilib, filiallarning nizomlari ishlab chiqildi. Obodonlashtirish boshqarmalarida shu ishga mas’ul ishchilar va texnikalar yangi tashkilotga o‘tkazildi. Yangi tuzilma obodonlashtirish boshqarmalaridan o‘ziga ajratilgan vazifa, mulk, hududlarni olish jarayonida moddiy-texnik ta’minot va ishni tashkil etishdagi kamchiliklar, yig‘ilib qolgan muammolar ko‘pligi ayon bo‘ldi.

Avvalo, faqat tuman markazlarigina chiqindilardan tozalangan. Obodonlashtirish boshqarmalarining quvvati ham shunga yarasha bo‘lgan. Masalan, Paxtakor tumani obodonlashtirish boshqarmasining mavjud 3 mashinasi tuman markazidagi 7 mahalladan haftada 2-marta chiqindi tashigan, xolos. Tuman aholisining 70 foizdan ortig‘i istiqomat qiladigan qishloqlarda bu ish bilan shug‘ullanadigan tashkilotning o‘zi yo‘q.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha hududdagi 323 xo‘jalik subyektining bor-yo‘g‘i 58 tasi bilan shartnoma tuzgan. Sanitariya me’yorlari bajarilishi shart bo‘lgan, biroq chiqindi chiqarib ketish xarajatlarini byudjeti ko‘tarmaydigan ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarining aksariyati bilan shartnoma ham tuzilmagan.

Bunday holat viloyatning barcha tumanlariga xos. Chunki chiqindilarni to‘plash, tashib ketish, zararsizlantirish, yo‘qotish uchun kuch, mablag‘ yetishmasligi tufayli bu tizim to‘la shakllanmagan edi. Asosan, hashar yo‘li bilan bajariladigan tozalash ishlari esa ozodalikni doimiy saqlash kafolatini bermaydi.

Prezidentimizning yuqoridagi qarori asosida viloyatdagi 75 texnika, 234 chiqindi to‘plash shoxobchasi, 339 konteyner xatlovdan o‘tkazildi. Xatlovga olish jarayonida aniqlangan nosozlik va kamchiliklar bo‘yicha dalolatnomalar tuzildi.

“Toza hudud” davlat unitar korxonasi hamda uning tuman va shahar filiallariga qabul qilingan texnikalarni ta’mirlash, haydovchilar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirildi.

– Mavjud moddiy-texnik baza talabga javob bermagani uchun ish aynan shu sohadan boshlandi, – deydi Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi direktori B.O‘rolov. – Shu yilning o‘zida maxsus texnika va konteynerlar bilan ta’minlash, poligonlar hamda maxsus avtogarajlar qurish uchun 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda. “SamAuto” korxonasi bilan 12 assenizatsiya mashinasi xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Yetti tuman hokimligi tomonidan “Toza hudud” DUK filiallariga avtogaraj qurish uchun yer ajratish to‘g‘risida qaror chiqarildi. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishda qishloq hududlari ham qamrab olinmoqda. Hozirgacha 269 yuridik tashkilot, 1 ming 248 jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnomalarning aksariyati qishloqlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Toza hudud” DUK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasi qisqa vaqtda ko‘rina boshladi. Chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmoqda. Yo‘l chetlari, turli korxona-tashkilot va muassasa hovlilari “tasodifiy chiqindixonalar”dan tozalanmoqda. Demak, maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish xizmati ko‘rsatish samaradorligi oshmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toza hududning dastlabki samaralari