“Startap-haftaligi” tanlovining Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining 1 ming 300 dan ziyod bitiruvchisi ishtirok etdi.

“Startap-haftaligi” tanlovining Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining 1 ming 300 dan ziyod bitiruvchisi ishtirok etdi. Qatnashchilar axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga oid g‘oya va loyihalari hamda ularni amalga tatbiq etishga qaratilgan biznes-rejalarini taqdim etdi.

“Startap-haftaligi” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Markaziy banki va Toshkent shahar hokimligi ko‘magida tashkil etildi.

Innovatsion texnologiyalarni yaratish va hayotga tatbiq etish mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va jadal rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi samarasida mukammal startap-harakati shakllantirildi va bu yurtimizda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantiradigan muhim vositalardan biriga aylandi. Yosh tadbirkor va mutaxassislarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishda homiy va hamkorlar topish, tajribali tadbirkorlardan maslahat olish imkonini beradigan “Startup mix” loyihasi amalga oshirildi.

“Startap-haftaligi” tanlovi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Tadbir oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Tanlovga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimi, mamlakatimizda yangi raqobatbardosh korxonalar tashkil etishga oid biznes-loyihalar qabul qilindi. Yuzdan ortiq kompaniya, tijorat banki, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, taniqli tadbirkorlar loyihalarning istiqboli va samaradorligini baholadi.

Hay’at a’zolari eng yaxshi yetti loyihani saralab oldi. G‘oliblarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishi uchun tijorat banklarining krediti taqdim etiladi.

– Men anchadan buyon mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirish elektron tizimi ustida ish olib boraman, – deydi Toshkent shahridagi Inha universiteti uchinchi kurs talabasi N.Anvarov. – Tez orada mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun internet-resurs va mobil ilovani ishga tushirmoqchiman. Bu ularga o‘z mahsulotini mahalliy va xorijiy iste’molchilarga yetkazib berishda qator imkoniyatlar yaratadi. Tanlovda g‘olib chiqqanim loyihamni amaliyotga joriy qilishga ko‘maklashadigan yangi imkoniyat bo‘ldi.

“Startap-haftaligi” tanlovi Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichining barcha g‘oliblari shahar birinchiligida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda «Startap-haftaligi» boshlandi