Tadbirda davlat boshqaruvi organlari vakillari, mahalliy va xorijlik ekspertlar tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning yangi uslublari, mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalari haqida ma’lumotlar taqdim etdi, biznesni tashkil etish va uni boshqarish borasida tajriba almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbir «Hamkorlik, rivojlanish, muvaffaqiyat» g‘oyasi ostida biznes sohasi mutaxassislari, iqtisodchilar, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarni birlashtirdi. Unda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitining yangi davri, uning me’yoriy-huquqiy asoslari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun mavjud imkoniyatlar va biznesni yanada rivojlantirish strategiyalari muhokama qilindi.

– Tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarimizga yetkazish, sohada mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berish, xususiy sektor vakillari, ishbilarmonlar bilan davlat hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga ko‘maklashishdan iborat, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i Farrux Omonov. – Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari safi yil sayin kengayib, ular iqtisodiyotimiz yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlar qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Barcha tuman va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari tashkil etilib, tadbirkorlar va sohaga qiziqish bildirgan fuqarolar, xususan, yoshlarimizga malakali xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Tadbirda yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining «yo‘l xaritasi»ni shakllantirish, ish amaliyoti dasturlari kabi masalalar muhokama etildi. Yetakchi ishbilarmonlar bilan yosh tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, tajriba almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda «Open HR Business Forum – 2017» deb nomlangan xalqaro biznes-tadbir bo‘lib o‘tdi