Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkent viloyatida turizm, ayniqsa, snoubording, paraplan va deltaplanda uchish, velosport, motosport, ekstremal sport turlari, ekologik turizmni rivojlantirish uchun tabiiy sharoit va imkoniyatlar mavjud.

Viloyatdagi mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 120 korxona kuniga 2 ming 440 sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, hududda 45 mehmonxona, 71 sanatoriy va dam olish maskani mavjud. Joriy yilda viloyatga kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatish hajmi qariyb 72,6 milliard so‘mni tashkil etgan yoki o‘tgan yilga nisbatan 106 foizga o‘sgan. Turizm xizmatlari eksportning 44,6 million dollarini tashkil etadi.

– Yurtimiz boy madaniy-ma’naviy merosi, sharqona turmush tarzini o‘zida aks ettiruvchi urf-odatu an’analar, xalqimizning mehmondo‘stlik fazilatlari, so‘lim go‘shalari va ko‘plab muqaddas qadamjolari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi, – deydi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri J.Mashrapov. – Viloyatda ayniqsa, ziyorat va gastronomik turizm rivojlangan bo‘lib, sayyohlarning aksariyat qismi Bo‘stonliq tumanida joylashgan Ansoriy bobo, Shayx Umar Vali, Ikrom ota, Parkent tumanidagi Bobomochin, Said ota va Suzuk ota kabi yodgorlik qadamjolarini ziyorat qilish uchun keladi.

Viloyat yuqori ekoturizm salohiyati, ulkan tog‘ tizmalari, noyob hayvonot va nabotot dunyosi, qulay iqlimi bilan ajralib turadi. Birgina 574,6 ming gektar maydonni egallagan “Ugom-Chotqol” milliy bog‘ida 230 turdagi hayvon, 1 ming 800 o‘simlik turi, 4 tabiiy ko‘l (Urungach, Bodak, Shovuri, Ixnoj) mavjud. Shuningdek, Chotqol biosfera qo‘riqxonasi va ko‘plab o‘rmon xo‘jaliklari faoliyat yuritadi.

Joriy yilning oktabr oyida poytaxtimizda o‘tkazilgan “Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida yuzlab xorijiy mehmonlarga yurtimizda tashkil etilgan madaniy-tarixiy, ekologik sayohatlar, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi, sog‘lomlashtirish, gastronomik turizm kabi barcha zamonaviy yo‘nalishlar namoyish etildi.

Toshkent viloyatining tog‘li qishloqlarida yashaydigan aholi xonadonlarida sayyohlar uchun tashkil etilgan “Mehmon uylari” yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Zamonaviy andozalar asosida yaratiladigan “Mehmon uylari”ni Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turistik klasterlaridagi 162 aholi xonadonida tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Sayyohlarning qolish muddatini uzaytirish maqsadida milliy urf-odatlar, to‘y marosimlari, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish, tabiatning so‘lim go‘shalari, xushmanzara tog‘ yonbag‘irlariga sayohatlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni Toshkent viloyatining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, rivojlantirish va yangi turistik yo‘nalishlarni shakllantirgan holda, zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

– Milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorida faol targ‘ibot qilishga qaratilgan bunday sa’y-harakatlar bejiz emas, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati bo‘yicha vakolatli vakili M.Ismoilov. – Tashkil etilayotgan “Chorvoq” erkin turistik zonasi O‘zbekistonda dastlabkisi bo‘lgani tufayli o‘ziga xos innovatsiya xarakteriga ega. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilangani zona ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish, bojxona va soliqlar bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar yaratilishiga imkon beradi. Hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, transport vositalari arzonligini ta’minlash maqsadida hududda poyezd, elektropoyezd va avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusida Toshkent – Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish tizimini kengaytirish, ularning to‘xtovsiz harakatini ta’minlash rejalashtirilgan.

Muqobil va qayta tiklanadigan manbalarni qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizim yaratishga alohida etibor qaratiladi.

Farmonda vakolatli vazirlik va idoralarga erkin turistik zona hududida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini muassasalari, ularning zamonaviy jihozlar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganiga asosiy e’tibor qaratgan holda, turistlarga sifatli tibbiy xizmat, jumladan, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator vazifalar ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Sayyohlik sohasi jahon miqyosida jadal rivojlanmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda tashkil etilgan erkin turistik zonalar avvalo, xalqlarning savdo-sotiq madaniyati, urf-odati, milliy ma’naviyat va mehmondo‘stlik kabi ezgu qadriyatlarini ommaga ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari yaratish va ularni jahon bozorida targ‘ibot qilish muhim vazifadir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida snoubording, paraplan va deltaplanda uchish, velosport, motosport, ekstremal sport turlari va ekologik turizm rivojlantiriladi