O‘zA O`zbek

11.04.2018 14:24 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida ulgurji tovar aylanmasida pasayish

2018-yil yanvar-mart oylarida ulgurji tovar aylanmasi hajmi 10297,3 milliard so‘mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan Toshkent shahri (99,7 foiz) hamda Samarqand (99,2 foiz), Andijon (96,7 foiz), Buxoro (91,9 foiz) Qashqadaryo (87,1 foiz) viloyatlari ulgurji tovar aylanmasining o‘sish sur’atida kamayish kuzatildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi 4,6 foizga o‘sdi va 7139,8 milliard so‘mga yetdi, umumiy ulgurji savdo tovar aylanmasidagi ulushi 69,3 foizni tashkil qildi.

Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot beradi.

O`zA
2 997