Mamlakatimizda aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, qish va bahor oylarida ham dasturxon to‘kinligini ta’minlash, bozorda narx-navo barqarorligiga erishish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Aholi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Tayyorlov tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash, omborxona va sovutgichlardan unumli foydalanish, qish-bahor oylarida ichki bozorga mahsulotni muntazam, bir maromda yetkazib berish hisobiga narx-navo barqarorligini saqlab turishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 20-oktabrdagi “2017-2018-yillar qish-bahor faslida Respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki iste’mol bozori uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga asosan 31 ming 791 tonna oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan.

– Jumladan, mahalliy hokimliklar hisobidan jami 20 ming 367 tonna – 4 ming 28 tonna kartoshka, 4 ming 294 tonna piyoz, 3 ming 220 tonna sabzi, 8 ming 825 tonna guruch g‘amlash belgilangan, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muratboy Qurboniyozov. – Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalarda 517 tonna, sog‘liqni saqlash tashkilotlarida 257 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qish-bahor oylari uchun zaxiraga jamg‘arish nazarda tutilgan.

Aholi dasturxoniga tortiq etiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 15 ming 270 tonnasi zamonaviy sovutgichlarda, 15 ming 525 tonnasi fermer xo‘jaliklari omborxonalarida saqlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tegishli dasturga asosan 31 ming 791 tonna oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan