Surxondaryolik bojxonachilar tomonidan ushlab qolingan va Termiz arxeologiya muzeyi fondiga topshirilgan numizmatika ashyolari soni 3 mingdan oshdi.

– O‘rta Osiyo tarixi bilan bog‘liq ko‘hna buyumlar dunyo kolleksionerlarning diqqat-markazida bo‘lishi tabiiy hol. Buni yil boshidan bugunga qadar Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurgan 500 ga yaqin xorijiy sayyohlarning bu yerdagi eksponatlarga bo‘lgan katta qiziqishidan ham bilish mumkin, – deydi Termiz arxeologiya muzeyining numizmatika bo‘limi mudiri Hojimurod Dautov. – Shunday ekan, ushbu tarixiy ashyolarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tiga urinishlar hamon uchrab turibdi.

Mazkur muzey xodimining ta’kidlashicha, o‘z faoliyatini 2002 yilda boshlagan Termiz arxeologiya muzeyida bugungi kunda 26 ming 685 dona numizmatika turkumidagi eksponatlar mavjud bo‘lib, ularning 3 mingdan ortig‘i Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan.

– Bojxona chegaralarida aniqlanayotgan qonunbuzarliklarni tahlil qilar ekansiz, numizmatika ishqibozlari tarixiy ashyolarni nazoratdan yashirish maqsadida antiqa usullarni o‘ylab topganiga guvoh bo‘lasiz, – deydi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimi Abduvohid Xo‘jamqulov. – Masalan, qadimiy tangalarni tugma shakliga keltirib, ularni kiyimlarga qadab chiqishi yoki kiyim matolarining ulab tikilgan joylariga yashirishi, oyoq kiyimlarining poshna bo‘shliqlariga joylash, hatto stepler moslamasi ichiga taxlash kabi holatlar uchragan. Ammo xodimlarimizning ziyrakligi, yo‘lovchilarning qo‘l va yuk bagajlari maxsus nazorat rengen apparatlaridan o‘tkazilishi tufayli tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan boyliklarimiz mamlakatimiz hududidan chetga olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy ashyolarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar hamon uchrab turibdi