O‘zA O`zbek

15.04.2019 12:50 Chop etish versiyasi

Talabalar endi o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish jarayonida olib borishadi

Talabalar endi o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish jarayonida olib borishadi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusrat Barakaev boshchiligida bir guruh talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun G‘ijduvon tumanidagi “Humo” AJ tekstil kompaniyasiga ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi. 

Talabalar ishlab chiqarish korxonasida xomashyoga ishlov berishdan boshlab, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon bilan tanishishdi. Professor-o‘qituvchilar ip-kalava ishlab chiqarish jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilinishi haqida shu yerning o‘zida jonli misollar bilan tushuntirib berishdi.

Tashrif davomida institut va tekstil kompaniyasi o‘quv mashg‘ulotlarining bir qismini bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘tkazish, talabalarning malakaviy bitiruv amaliyotlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

photo5305276245950442329.jpg

photo5305276245950442330.jpg

photo5305276245950442332.jpg

photo5305508822724487713.jpg

photo5305508822724487714.jpg

photo5305508822724487715.jpg

photo5305508822724487716.jpg

photo5305508822724487717.jpg

O‘zA
425