Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, aholini sifatli, tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-iyundagi “2017-yilda boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Saxovatli zaminimizda nafaqat g‘alla va g‘o‘za parvarishlash, kuz oxiriga qadar takroriy ravishda turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyati mavjud. Ishning ko‘zini biladigan omilkor dehqonlarimiz bu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda.

Navoiy viloyati fermerlari ham g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin ekib, mo‘l hosil yetishtirmoqda. Ayniqsa, Xatirchi, Navbahor, Karmana, Qiziltepa, Nurota tumanlari dehqonlari bu borada yaxshi natijaga erishayotir.

Nurota tumanidagi “Toshnazar bobo” fermer xo‘jaligi raisi Sherzod Kenjayev qariyb 22 gektar bo‘shagan maydonga kartoshka, sabzi, piyoz va qovoq ekib, mo‘l hosil olmoqda.

– 10 gektarga “Roza gold” navli kartoshka ekib, gektaridan 30 tonnadan hosil yig‘moqdamiz, – deydi Sh.Kenjayev. – 2 ming 800 so‘mdan ichki bozorga ulgurji yetkazib berayotirmiz. 4 gektar yerda yetishtirilgan sabzi hosili ham mo‘l. 8 gektar maydondagi piyoz va qovoqdan 20-25 tonnadan hosil oldik. Daromadimiz yaxshi.

Viloyatda g‘alladan bo‘shagan 24 ming 377 gektar maydonda takroriy ekin ekilib, 132 ming 543 tonna mahsulot yetishtirish rejalashtirilgan. Olinadigan hosilning 20 ming tonnasini eksportga chiqarish, 12 ming tonnasini qayta ishlash, 6 ming tonnasini zaxiraga olish, 2 ming tonnasini urug‘lik uchun saqlash, qolgan 93 ming tonnaga yaqin mahsulotni ichki bozorda sotish belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takroriy ekin: 132 ming 543 tonna mahsulot yetishtirish rejalashtirilmoqda