Namangan viloyatining Namangan tumani Sho‘rqishloq qishlog‘idagi tuxum va go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan “Golden egg of Namangan” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshmoqda.

“Golden egg of Namangan” korxonasi bilan tanishish, jamoaning ibratli ishlari haqida yozish maqsadida yo‘lga tushar ekanmiz, rosti, u yerni bir vaqtlardagidek hovlisida go‘ng hidi burqsigan, binolari abgor, havosi badbo‘y, degan xayolga borgan edik. Yo‘q, tashvishimiz o‘rinsiz bo‘lib chiqdi. Hamma yoq obod-orasta, 100 minglab parranda boqiladigan korxonaga sira o‘xshamaydi. Korxona hududiga kirishingiz bilan uzumi tarsillab turgan tokzor ostida yuzlab tuvaklarda noyob gullar sizni qarshi olganday yashnab yotibdi. O‘ng tomon burilsangiz, mevasining ko‘pligidan shoxlari egilgan nok, shaftoli va olmazor bog‘. Daraxtlar qator oralig‘iga sabzavot va boshqa ekinlar ekilgan. Qariyb 10 gektar maydonni egallagan korxona hududining bunday manzarasi rahbarning ishning ko‘zini biladigan tadbirkor ekanidan dalolat berib turibdi.

– Mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlardan foydalanib, ko‘p yillar davomida tashlandiq holga kelib qolgan eski parrandachilik fermasini ijaraga olish bilan ish boshlaganmiz, – deydi korxona rahbari Abdulhafiz Shamsiddinov. – O‘shanda bu binolarni ta’mirlash bilan o‘nglab bo‘lmaydi-yov, tubdan rekonstruksiya qilish kerak, degan xulosaga keldik. To‘g‘ri qilgan ekanmiz, agar boshida mablag‘imizni shu ishlarga sarflab qo‘yganimizda, asosiy ish qolib ketib, bugungi darajaga yetolmasdik. Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli faoliyatimizni yo‘lga qo‘yib oldik, iqtisodiy ko‘rsatkichimiz ortib bormoqda. Endi eski bino va inshootlarni zamonaviy andozalarda rekonstruksiya qilish haqida o‘ylasak bo‘ladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 7-8-iyul kunlari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi, parrandachilik va chorvachilik yo‘nalishidagi loyihalar bilan ham tanishdi. Taqdimotda “Golden egg of Namangan” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham o‘z yutuqlari va yangi loyihalarini namoyish etdi.

– Bugungi kunda 34 ming bosh makiyon parvarishlayapmiz, – deydi korxona ta’sischisi Abulatif Shamsiddinov. – Qo‘shimcha inshootlar qurish, zamonaviy texnologiya va zotdor tovuqlar keltirib, makiyon bosh sonini 60 mingga yetkazish borasida biznes loyiha tayyorlagan edik. Prezidentimiz loyihamiz bilan tanishar ekan, "Korxonangizni samarqandliklar darajasida rivojlantira olasizmi?”, deb qoldi. Bu e’tibordan ruhlanib, “Samarqandliklardan ham o‘tkazib yuboramiz”, deganimni o‘zim ham sezmay qolibman. Prezidentimiz makiyon sonini 60 ming emas, 100 mingtaga yetkazish kerak, dedi va loyihamizni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Darhaqiqat, aka-uka Abdulhafiz va Abdulatif Shamsiddinovlar 2009-yilda o‘z jamg‘armalarini o‘rtaga qo‘yib, Samarqanddan 15 ming jo‘ja keltirish bilan ish boshlagan. O‘tgan yillarda korxona daromadi hisobidan ijara joyini sotib oldi. Ozuqa ekini yetishtirish uchun yerni yana 70 gektarga kengaytirdi. 2012-yilga kelib “Asaka” bank viloyat filialining 1 milliard 600 million so‘mdan ziyod imtiyozli krediti ko‘magida Germaniyaning “Big Dutchman International GmbH” firmasida ishlab chiqarilgan ikkita 70 ming va bitta 50 ming sig‘imli avtomatlashtirilgan tovuq boqish dastgohi xarid qilindi. Hozir korxonada parranda 245 mingga yetdi.

Tadbikor ayni paytda faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq yangi loyihalar ustida izlanmoqda. Jumladan, nasldor tovuqlarni ko‘paytirish uchun yana 60 ming bosh tovuq boqishga mo‘ljallangan qo‘shimcha 2 zamonaviy inshoot qurilib, Kanadadan inkubatsiya keltirilmoqda. Bu ishlar uchun “Sanoatqurilishbank” viloyat filialidan 17 milliard 500 million so‘m kredit va korxona hisobidan 14 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

– Mustaqillik bayrami arafasida topshirilishi rejalashtirilayotgan mazkur loyihalar yil oxiriga qadar korxonamizda parranda sonini 750 mingtaga yetkazish imkonini beradi, – deydi Abdulhafiz Shamsiddinov. – Germaniyadan 60 mingta “Lomen Braun”, Gollandiyadan “Dekalb” naslli qizil va qaymoqrang zotdor tovuqlar keltirib, o‘zimizda ko‘paytiramiz. Biz Prezidentimizga va’da berdik, albatta so‘zimiz ustidan chiqamiz.

“Harakatda – baraka” deyilganidek, yosh tadbirkorning yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib olib borayotgan ishlari korxonaning iqtisodiy yuksalishida o‘z ifodasini topmoqda. Masalan, 2009-yilda 1 million 805 ming dona tuxum tayyorlangan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 13 million 424 mingga yetdi. Joriy yilning olti oyida iste’mol bozoriga 18 million 106 ming tuxum yetkazib berildi. Bundan tashqari, o‘tgan yili korxona tomonidan 346 tonnadan ziyod tovuq go‘shti ishlab chiqarildi.

Joriy yildan boshlab korxona mahsulotini tashqi bozorga chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Yarim yil sarhisobi yetishtirilayotgan mahsulotning 74,9 foizi eksport qilinganini ko‘rsatdi. Jumladan, Afg‘oniston va Tojikiston davlatlariga 1 milliard so‘mlikdan ziyod va 478 ming 550 dollarlik tuxum eksport qilindi.

Korxona iqtisodiyotining o‘sib borayotgani ishchilarni ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarida ham o‘z ifodasini topmoqda. Dastlab sakkiz kishi ishlagan korxonada bugun 30 ga yaqin odam mehnat qilib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda.

– Mehnating qadrlangan joyda sidqidildan ishlaging keladi, – deydi ishchi Sobirjon Rahimov. – Yaqinda korxona ma’muriyati tomonidan 30 million so‘m miqdorida rag‘batlantirildim. Prezidentimizning korxonamiz faoliyatiga alohida e’tibori bizni g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shib, yanada ko‘proq mehnat qilishga undamoqda.

– Men ham mehnatim evaziga 20 million so‘m mukofot bilan taqdirlandim, – deydi ishchi Abdurahmon Umarov. – O‘g‘lim xorijda ishlar edi, chaqirtirib oldim, hozir yonimda. Har qancha mehnat bo‘lsa, o‘z yurting uchun qilishga nima yetsin. Ayniqsa, Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida korxonamiz rahbarlari bilan suhbatini televizorda ko‘rib, shunday joyda ishlayotganimdan faxrlanib ketdim.

Bu hali hammasi emas. Tadbirkor Abdulhafiz Shamsiddinov korxona hududida zamonaviy suzish havzasi qurayotgani, yaqin kelajakda bolalar bog‘chasi, poliklinika, sport maydonlari qurishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

– Yurtimiz tinch, ishlayman, tadbirkorlik qilaman, deganga barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Banklar "marhamat, qancha kredit kerak?", deb turibdi. Ozuqa va mineral o‘g‘it yetarli, Prezidentimiz mendan nima yordam kerak, deb, shaxsan e’tibor qaratmoqda. Bizdan faqat ezgu niyat, shunga yarasha harakat talab qilinadi. Xuddi mana shular biz erishayotgan muvaffaqiyatlar formulasi-da, uka, – deydi Abdulhafiz Shamsiddinov. – Yil oxirida keling, bu yerlarni umuman tanimay qolasiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi