Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga qulayliklar yaratish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyatida ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Joriy yilning 9 oyida viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 7 ming 700 dan oshdi. Pirovardida viloyat yalpi hududiy mahsulotida kichik biznesning ulushi 41,5 foizga yetdi. Mazkur davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 623 bo‘sh turgan bino va inshoot ijaraga berildi. Mahalliy tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak berish maqsadida 610 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Qiziltepa tumanida faoliyat yuritayotgan “Tengdosh 2002” xususiy korxonasi rahbari Erkin Xudoyqulov yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanib, ichki bozorga tayyor trikotaj mahsulotlari yetkazib bermoqda.

– Korxonamizda bir kunda 250 ta tayyor kiyim-kechak tayyorlanmoqda, – deydi E.Xudoyqulov. – Zamonaviy tikuv dastgohlari xaridor didi va talabiga mos mahsulot ishlab chiqarishda muhim omil bo‘layotir. Bunda tijorat bankidan olingan 400 million so‘m kredit hamda 200 million so‘m xususiy sarmoya qo‘l keldi.

Ayni paytda 30 kishi mehnat qilayotgan korxonada mahsulotlarni qo‘shni viloyatlarga yetkazib berish bilan birga xorijga eksport qilish choralari ko‘rilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik sub’ektlari soni 7 ming 700 dan oshdi