O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aholiga zamon talablari asosida qulayliklar yaratishda ilg‘or g‘oyalardan foydalanib keladi, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun o‘tkazilgan tadbirda batafsil ma’lumot berildi.

Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida bankning 92 filiali, 38 mini-banki, 220 ixtisoslashgan kassasi mavjud. Ularning geografik qulay joylashuvi, hududlarda samarali faoliyat ko‘rsatayotgani aholi va mijozlarning ishonchini qozonmoqda.

2017-yil bank faoliyatida muhim davr bo‘ldi. Iqtisodiy islohotlarimizga hamohang ruhda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, amalga oshirilayotgan tarkibiy va iqtisodiy o‘zgartirishlarda bank ishtirokini kengaytirish, bank faoliyatini tashkil etishning xalqaro standartlarini joriy etishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu jarayonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Joriy yil Milliy bank o‘z mablag‘lari hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,5 trillion so‘m, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan 13,8 milliard so‘m, xorijiy kredit liniyalari hisobidan 213,9 million dollar miqdorida kreditlar ajratdi. Pirovardida, tadbirkorlarimiz tomonidan 21 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Aholi turmush darajasini yaxshilash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi ham O‘zmilliybank e’tiboridagi masala. Bu maqsadlar rejadagidan ham ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi. Jumladan, qishloq joylardagi aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish uchun 161,1 milliard so‘m, limonchilik uchun 3,2 milliard so‘m, asalarichilik uchun 14 milliard so‘m, issiqxonalar uchun 40,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

O‘z navbatida bank bugungi sog‘lom raqobat maydonida nufuzini yanada oshirish uchun doimo harakatda. Jozibador omonat turlarini joriy etish, mijozlarining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, masofaviy xizmatlar ko‘rsatish tizimini zamonaviylashtirish, chet ellik mijozlarga tezkor xizmatlar ko‘rsatish kabi chora-tadbirlar shular jumlasidan.

Tadbirda jismoniy shaxslarga masofaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi ko‘p qirrali imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Milliy” mobil ilovasi haqida ma’lumot berildi.

Bu ilovaning boshqa muqobillaridan farqi dizayni sodda va tushunarli ekanida, 100 ga yaqin to‘lovlarni, tezkor pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjudligida. Shuningdek, mobil ilovada kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovi 0,5 foiz etib belgilangan. Kredit qarzdorlikni so‘ndirish, “VISA” karta egalari uchun qoldiqni tekshirish, kartani bloklash va blokdan chiqarish kabi qator qulayliklar bor.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mutasaddilari mazkur mobil ilovada rejalashtirilayotgan funksiyalar haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Elektron hamyon” funksiyasi joriy etiladi. Bu nima? “Milliy” mobil ilovasi yordamida kartangizdagi mablag‘ning ma’lum miqdorini qo‘l telefoningizda shakllangan “Elektron hamyon”ga tushirib qo‘yasiz. Plastik kartochkangiz yoki servis xizmatida nosozlik bo‘lgan holatda bu hamyondan foydalanish mumkin.

Tadbirda jurnalistlar savollariga javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarimiz tomonidan 21 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi