Prezidentimizning joriy yil 12-yanvardagi "Urgut", "G‘ijduvon", "Qo‘qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra tashkil etilgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi Urgut ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyat boshladi.

Markaz erkin iqtisodiy hududda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, sifat menejmenti tizimini joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslarga metrologiya xizmati ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan.

– Ushbu farmonda erkin iqtisodiy zonalarda tashqi bozorda talab katta bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy sarmoyadorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish, meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab berilgan, – deydi “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi Urgut ilmiy ishlab chiqarish markazi rahbari F.Fazliyev. – Albatta, buning uchun korxonalarda sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahsulot va xizmatlarni ichki bozorga chiqarish va xorijga eksport qilish uchun ularni tegishli tartibda milliy va xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirish talab etiladi. Shu bois hujjatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish belgilangan edi.

Urgut ilmiy ishlab chiqarish markazi ushbu vazifalardan kelib chiqib, birinchilar qatorida tashkil etildi. Tadbirkorlarga tezkor va zamonaviy xizmat ko‘rsatish maqsadida markazga zarur shtatlar birligi ajratildi, laboratoriya uskunalari va texnik jihozlar berildi. Endi ishbilarmonlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikat olish uchun vaqt yo‘qotib Samarqand yoki Toshkentga murojaat qilishiga hojat yo‘q. Bu boradagi barcha xizmatlar Urgutdagi markaz tomonidan ko‘rsatiladi. Qisqa vaqt ichida tumandagi 20 ga yaqin korxona markaz xizmatidan foydalandi. Bir qator sanoat korxonalari mutaxassislari sifat tizimini boshqarish bo‘yicha o‘qitildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik