O‘zA O`zbek

05.07.2019 16:02 Chop etish versiyasi

Tadbirkor bankdan olgan 67 million so‘mni nimaga sarfladi?

Tadbirkor bankdan olgan 67 million so‘mni nimaga sarfladi?

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi yosh tadbirkor Setora Yoqubova 2018 yilda “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi asosida olingan 67 million so‘mlik kredit evaziga 2600 bedana, 6000 tovuq va 6 tuyaqush parvarishlayapti.

– Paxtakor xizmat ko‘rsatish kollejini tamomlagach, ikki yil parrandachilik fermasida ish o‘rgandim, – deydi S. Yoqubova. – O‘sha tajriba ayni paytda juda qo‘l kelayapti. Kuniga 1700 dona tuxum, shuningdek, tovuq vabedana go‘shtini ichki bozorga yetkazib berayapmiz.

Tadbirkor Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Saxovat sifat parranda” fermasidan keltirilgan parrandalarni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ygan. Zarur ozuqalarni yetishtirish uchun tuman hokimligi ko‘magida yetarlicha yer maydoni ham ajratilgan.

photo5258181272419806486.jpg

photo5258181272419806487.jpg

Jamshid YoRBEKOV (surat), O‘zA
1 042