Yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, investorlar, eksport bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida 13-19-noyabr kunlari mamlakatimizda ilk marotaba “Global tadbirkorlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Haftalik davomida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ham qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Poytaxtimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirayotgan xotin-qizlarni tajribali ishbilarmon ayollarga biriktirish, shuningdek, bu borada yuzaga kelayotgan masalalarni atroflicha o‘rganishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar davlat soliq, statistika, adliya, savdo-sanoat palatasi boshqarmalari, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi, tadbirkor xotin-qizlar, partiya faollari, ish bilan band bo‘lmagan ayollar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni hamda 2017-yil 1-fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda mazkur hujjatlar mazmun-mohiyati, ayollarning innovatsion tadbirkorligi xususida so‘z yuritildi. Yangidan o‘z ishini boshlayotgan xotin-qizlarning biznes-rejalarini tayyorlashga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va huquqiy bilimini boyitish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tumanlardagi “yagona darcha” markazlari tomonidan ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlari faoliyati, mahallalarda uyushmagan yoshlar, ishsiz ayollar bilan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari xaqida atroflicha ma’lumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollarga imkoniyatlar yaratilmoqda