Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.05.2018 08:05 Chop etish versiyasi

Surxondaryoda turizm rivojlantiriladi

Surxondaryoda turizm rivojlantiriladi Boysun tumanida Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan – Boysun kichik turizm zonasi barpo etiladi.

02.jpg

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Boysun tumanida Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan – Boysun kichik turizm zonasi;

Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza tog‘ tizmalari yon bag‘irlarida hamda Sariosiyo tumani Sangardak qishlog‘i hududlarida – Sariosiyo kichik turizm zonasini;

04.jpg

Sherobod tumani Shalqon qishlog‘i, Xo‘jaikon tuz koni hududlarida hamda hududdagi mevali bog‘larni o‘z ichiga olgan – Sherobod kichik turizm zonasini tashkil etiladi hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlar quriladi.

05.jpg


O‘zA
6 321