Surxondaryo viloyati Termiz tumani prokuraturasi, tuman hokimligi va tuman ichki ishlar bo‘limi hamkorligida muqaddam sudlangan ishsiz fuqarolar, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar va boshqa ish bilan band bo‘lmagan aholi uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tumandagi 38 korxona, tashkilot va muassasa 377 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Ishsiz fuqarolar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish holatlari uchrab turibdi, – deydi Termiz tumani prokurori o‘rinbosari A.Xoliyorov. – Ular orasida muqaddam sudlangan ishsiz shaxslar ham bor. Huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida tashkil etilgan mazkur tadbirda muqaddam sudlanib, ishsiz yurgan 100 ga yaqin fuqaro mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, munosib ish tanlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaqtincha ishsiz fuqarolar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda muhim omil bo‘ladi.

Mehnat yarmarkasida ishtirokchilarning ko‘pchiligi Termiz tumanlararo agrokimyo filiali va “Shingdong spinning Termiz” qo‘shma korxonalaridagi bo‘sh o‘rinlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. 30 dan ortiq fuqaroga bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish yuzasidan huquqiy maslahat berildi.

– Anchadan buyon o‘zimga munosib ish izlab yurgan edim, – deydi tumandagi Orol mahallasida yashovchi S.Turdimurodov. – Ushbu tadbirda “Shingdong spinning Termiz” qo‘shma korxonasidagi ish menga ma’qul keldi va u yerda ishlashga qaror qildim. Zamonaviy bu korxonadagi sharoit va mehnat haqi ham manzur bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 100 ga yaqin fuqaro ishli bo‘ldi