Jizzax viloyati Forish tumanida o‘tgan yili 7 ming 725 tonna baliq ovlangan edi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 8 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan.

"Sultonbek baliq” xususiy korxonasi rahbari Sherbek Kamolov tarmoqda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan. Korxona jamoasi o‘tgan yili 110 tonna baliq yetishtirdi.

– Mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, imtiyozli kreditlar ajratilayotgani tufayli ushbu mahsulotni ishlab chiqarish ham, iste’molchilar talabi ham ko‘paymoqda, – deydi Sh.Kamolov. – Bu yil “Ipotekabank” tuman filialidan olingan 200 million so‘m kredit evaziga sun’iy havzamizni yanada kengaytirdik. Yil oxirigacha baliq yetishtirish hajmini 250 tonnaga yetkazib, 1 milliard 625 million so‘m daromad olishni mo‘ljallamoqdamiz.

Baliqchilik xo‘jaliklari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani tarmoqda faoliyat ko‘rsayotgan tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ayni paytda tumanda baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jaliklar soni 54 taga yetdi.

Prezidentimizning 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qo‘llaniladigan yangi imtiyoz va soliq yengilliklari soha rivojida muhim omil bo‘lmoqda. Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli seminar va uchrashuvlar o‘tkazilib, moliyaviy, huquqiy, tashkiliy ishlarda yordam ko‘rsatilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sultonbek baliq” 1 milliard 625 million so‘m daromad olishni mo‘ljallamoqda