O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati matbuot anjumani o‘tkazdi.

Unda jamiyat tizimida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqishni takomillashtirish, mijozlarga yetkazilgan zararni tez muddatda to‘lab berishni ta’minlash e’tibordaligi, joriy yilning 9 oyida 15 ming 472 ta ariza bo‘yicha 82 milliard so‘mlik sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgani ta’kidlandi.

– Yildan-yilga aholining sug‘urta xizmatlari, sug‘urta tovoni olish tartibi va rad etilishi borasidagi bilimlari oshib bormoqda, – deydi "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri Abdurashid Vahobov. – Shunga qaramasdan ko‘p hollarda kech murojaat qilinganidan zarar miqdori va hodisa sabablarini to‘laligicha aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Bunda da’volar rad etiladi.

Misol uchun, yo‘l harakati hodisasi yuz berganda 72 soat mobaynida xabar berish belgilangan. Bunda hodisa natijasida fuqaro tushishi mumkin bo‘lgan jismoniy va ruhiy holatlar inobatga olinib, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, umumiy da’vo muddati uch yilgacha belgilangan. Qonunchilikda belgilangan tartibda fuqaro murojaat qilgandan keyin 15 kun muddatda da’voni rad etish yoki to‘lash borasida javob beriladi.

Joriy yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar bilan qariyb 2 million sug‘urta shartnomasi tuzilgan, sug‘urta mukofotlari tushumi 105,8 milliard so‘mni tashkil etgan. Aholiga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida imtiyozli sug‘urta tariflarini qo‘llagan holda aksiyalar tashkil etilmoqda. "Yong‘indan saqlaning" deb nomlangan aksiya doirasida "Bunyodkor", "Tejamkor", "Tadbirkor", "Manfaatdor" kabi sug‘urta polislari ishlab chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi qaroriga ko‘ra, dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida parrandachilik mahsulotlari, limon, unabi, yong‘oq yetishtirish va issiqxonalar tashkil etish uchun tijorat banklari ajratayotgan kreditlarni sug‘urta qilish uchun 956 ta sug‘urta shartnomasi tuzilib, imtiyozli 1 foiz tarif stavkasi belgilangan.

Matbuot anjumanida "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklar haqida ommaviy axborot vositalari xodimlariga ma’lumotlar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta xizmatlari takomillashmoqda