Joriy yilning 9 oyida xorij davlatlaridan 1 ming 600 fuqaro O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-sentabr oylari bo‘yicha mamlakatimizda o‘rtacha ish haqi miqdori 1 million 346 so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning 9 oyida xorij davlatlaridan 1 ming 600 fuqaro O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-sentabr oylari bo‘yicha mamlakatimizda o‘rtacha ish haqi miqdori 1 million 346 so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘p. Shu kunlarda yurtimizda 5 ming 400 dan ziyod chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xalqaro press-klub sessiyasida islohotlar samarasi ko‘zgusi – raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.Begalov, iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va boshqa statistika sohasi mutasaddilari tomonidan atroflicha sharhlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritayotgan Davlat statistika qo‘mitasi xalqimiz erishayotgan yutuq va kamchiliklarni raqamlar tahlilida havola etib boradi. Pirovardida, maqsad va vazifalarimizni shunga mos belgilaymiz.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda xolis va to‘g‘ri baholanishini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 17 savolnomasi doimiy to‘ldirib boriladi. Jumladan, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan statistika sohasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lumki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda asosan statistik ma’lumotlarga tayaniladi. Bu ma’lumotlar qanchalik ravshan va aniq bo‘lsa, mutaxassislar iqtisodiyotda mavjud muammolarni tahlil qilib, uning yechimlarini topadi.

– Bugungi kunda inflatsiya, ya’ni barcha tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx indeksining ko‘tarilishi bilan bog‘liq jarayon ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy, – dedi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev. – 2017-yilda inflatsiya darajasi 13-14 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Uning o‘sish sabablari nimalardan iborat? Birinchisi, bu – yillar davomida narxlarni liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ortga surilib kelayotgani bilan bog‘liq. Joriy yilda ayrim tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxlarni liberallashtirish bo‘yicha amaliy ishlar qilindi. Ikkinchisi, Xalqaro valyuta fondi uslubiga o‘tishimiz va hisob-kitoblar shu asosda amalga oshirilishi ham inflatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Jurnalistlar benzin narxining oshishi inflatsiya darajasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatgani bilan qiziqdi.

Ma’lumki, joriy yilning 15-noyabridan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari narxi liberalizatsiya qilindi. Bu jarayonda benzin narxi oshdi. Bugungi kunda A-80 benzini narxi 3800 so‘m, A-91 benzini narxi 4300 so‘m etib belgilangan.

Mutaxassislarning fikricha, bir necha yillar davomida yoqilg‘i-moylash mahsulotlari narxi oshirilmagan. Bu mamlakatimizdagi neft-gaz tizimi korxonalarining oxirgi yillarda zarar bilan ishlashiga sabab bo‘ldi. Natijada mahsulotlar taqchilligi yuzaga keldi. Shu bois, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, xususan, benzin narxining oshishi neft-gaz korxonalarining samarali ishlashi, mamlakatimizning barcha hududlarini benzin bilan ta’minlash, kelgusida yoqilg‘i-moylash mahsulotlari narxi yanada o‘sishining oldini olish imkonini yaratadi.

Shu o‘rinda benzinning xorijiy davlatlardagi o‘rtacha narxlarini e’tiboringizga havola etamiz. Qozog‘istonda 1 litr benzinning o‘rtacha narxi 0,54, Belarusda 0,63, Rossiyada 0,69, Tojikistonda 0,75, Ukrainada 1,03, Turkiyada 1,43, Germaniyada 1,61, Buyuk Britaniyada 1,62, Italiyada 1,83 AQSh dollarini tashkil etadi. O‘zbekistonda esa ayni paytda 1 litr benzinning o‘rtacha narxi 0,52 AQSh dollariga tengdir.

Qayd etildiki, mamlakatimizda benzin narxi o‘rtacha 39 foizga oshgan. Noyabr oyida umumiy inflatsiya darajasi 2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, uning 0,5 foizi benzin narxi oshishi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot o‘sishida eng ko‘p ulush Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinlarda Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari tursa, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari past ko‘rsatkich bilan qolmoqda. Tahlillarga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ortgan.

Xalqaro press-klub sessiyasida mavzuga doir savollarga javob berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Statistika: Yurtimizda 5 ming 400 dan ziyod chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda