Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 12:48 Chop etish versiyasi

Soliq xizmatlari va ommaviy axborot vositalari

Urganchda “Tadbirkorlik rivoji – farovonlik garovi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlarining samarali faoliyat yuritishi uchun yanada qulay sharoit yaratish, turli soliq imtiyozlari berish borasida tub islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa bir qator hujjatlar asosida turli yo‘nalishlar bo‘yicha yengillik va imtiyozlar berildi, ayrim imtiyozlar muddati uzaytirildi.

– O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining joriy yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari, keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik juda muhim, – deydi Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari H.Rahmatov. – Bugungi tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari “Tadbirkorlik rivoji – farovonlik garovi”, “Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari” kabi mavzularda ma’ruzalar qildi, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida qo‘llab-quvvatlanayotgani barqaror iqtisodiyot va aholi turmush farovonligini yuksaltirishning manbai bo‘lgan soliq tushumlari ortishiga olib kelmoqda. Tadbirda jurnalistlarga davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
2 966






Все о погоде - Pogoda.uz