Jizzax viloyatida joriy yilning uchinchi choragida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning jami soliq qarzdorligi o‘tgan yilga nisbatan 63 milliard so‘mga kamaydi.

Mamlakatimizda soliq qonunchiligi takomillashtirilib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq to‘lovchilar, tadbirkorlar uchun berilayotgan yengillik va yaratilayotgan qulayliklar davlat byudjeti tushumlarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarining vaqtida to‘lanishi mahalliy byudjetlar daromadi oshishiga xizmat qilmoqda.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi, tuman va shahar inspeksiyalari mol-mulk va yer solig‘i har yili 15-oktabrgacha to‘lanishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirmoqda. Tushuntirish, ogohlantirish ishlari bilan birga, yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilayotir.

– Mol-mulk va yer soliqlari jismoniy shaxslar tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15-oktabriga qadar to‘lanadi, – deydi Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i T.Nizomov. – Shu bilan birga, Soliq kodeksining 36-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilar soliq to‘lash majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli ekani ham belgilab qo‘yilgan. Soliq organlari tomonidan bu haqda doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilishi va to‘lov xabarnomalari tarqatilishiga qaramasdan, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar miqdori oshib bormoqda.

2017-yilning uchinchi choragida viloyat bo‘yicha jismoniy shaxslarning yer solig‘idan qarzdorligi 3 milliard 273 million so‘mni, mol-mulk solig‘idan esa 3 milliard 395,3 million so‘mni tashkil etdi. Hozirda mazkur qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha soliq inspeksiyalari tomonidan Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda qonuniy choralar ko‘rilayotir.

Jizzax shahrining Obod mahallasida istiqomat qiluvchi I.Yusupovaning mol-mulk va yer solig‘idan qarzi 1 million 35 ming so‘mni, muddatida amalga oshmagan to‘lov uchun hisoblangan 60 ming so‘m penyani undirish uchun Majburiy ijro byurosi tomonidan mol-mulk xatlovga olingach, xonadon sohiblari qarzdorlikni to‘liq yopishga majbur bo‘ldi.

Sayiljoyi mahallasida fuqaro Qodirqul Ergashevga tegishli noturar joy binosi uchun 4 yildan buyon soliq to‘lovlari amalga oshirilmagan. Natijada qarzdorlik 15 million so‘mga yetgan. Bu fuqaroga nisbatan ham majburiy tarzda mol-mulki xatlovga olinib, mavjud qarzdorlikni undirish choralari ko‘rildi.

Viloyatning barcha tumanlarida fuqarolar mol-mulk va yer solig‘i muddatidan o‘tib ketmasligi uchun to‘lovni qizg‘in amalga oshirmoqda.

Masalani majburlash darajasiga yetkazmasdan hal etish hamma uchun qulay, albatta. Shuning uchun soliq siyosatini erkinlashtirish va takomillashtirib borish jarayonida uning ochiq va oshkoraligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, har bir soliq to‘lovchining qachon, qancha soliq to‘lashi va uning nimaga sarflanishi haqida ma’lumotga egaligi ularning soliq to‘lashga ongli munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu borada viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik ishtirokida, ayniqsa, mahallalarda mol-mulk va yer solig‘i masalasiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish ishlari samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qarzdorligi o‘tgan yilga nisbatan 63 milliard so‘mga kamaydi