Har yili zararkunandalar va turli kasalliklar tufayli qishloq xo‘jaligida hosilning 30-35 foizi nobud bo‘ladi. Xususan, birgina sabzavotlarning 8 foizidan ko‘prog‘i shu sabab yo‘qotiladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan davra suhbatida ma’lum qilindi. Soha mutaxassislari, ekspertlar, olimlar, vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida izchil amalga oshirilayotgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Mazkur dasturilamal hujjatda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi seleksiya navlarini joriy qilish, tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, har xil kasallik va zararkunandalarni bartaraf etish borasida kompleks chora-tadbirlar belgilangan.

Aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida yurtimizda o‘simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish masalasiga davlat miqyosida e’tibor qaratilmoqda. Zararkunandalarga qarshi biologik usulda kurash ishlarini tashkil etish, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashni byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish, mahalliy o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tayyorlash va qo‘llash borasidagi ishlar shular sirasidandir.

Davra suhbatida deputatlar o‘simliklarni himoya qilish sohasiga jahon tajribasi yutuqlarini kengroq joriy etish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Shu bois, "Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Atrof-muhitga bezarar, zamonaviy usullarni keng joriy qilish orqali ekologik sof qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog‘liq masalalarning huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishga doir takliflar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom ekin – mo‘l hosil garovi