O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Tashabbus – 2017» ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi, yosh hunarmand Shohida Hojiyevaning Chilonzor tumanida joylashgan tikuv sexida ish qizg‘in.

Aholi bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan tadbirkor va hunarmandlarimiz haqida qiziqib, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashiga murojaat qilganimizda, tikuv sexi ochib, 50 xildan ziyod mahsulot tayyorlayotgan yosh hunarmandni tavsiya qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Tashabbus – 2017» ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi, yosh hunarmand Shohida Hojiyevaning Chilonzor tumanida joylashgan tikuv sexida ish qizg‘in. Bichilib, yarim tayyor mahsulot holiga kelgan mato bo‘laklari tartib bilan taxlangan. Ulardan bolalar sumkalari, ayollar hamyonlari tayyorlanmoqda. Eng muhimi, bu jarayon sifatli va batartib muhitda amalga oshmoqda.

Shohidaga sexni yuritishda oila a’zolari yaqindan ko‘mak berayotgan ekan. Opasi Shahnozaxon bichish ishlari va mahsulotlarning yangi dizaynini yaratishga mas’ul bo‘lsa, onasi Mamlakat opa sexda hunar ko‘nikmalarini oshirayotgan Zangiota qurilish va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining besh nafar bitiruvchisiga bosh-qosh. Shogird tushgan qizlarimiz yetarli ko‘nikmani egallagandan so‘ng ularga mehnat daftarchalari ochib, ishga olmoqchimiz, deydi yosh hunarmand.

– Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyni bitirganimdan so‘ng, o‘zim istagan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirolmadim. Bundan tushkunlikka tushib qoldim. Mening ahvolimni tushungan onam, hayotda o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan insonning el koriga yaraydigan kasbi yo hunari bo‘lishi kerak, deb dalda berdi va opam Shahnozadek usta chevar bo‘lishga undadi. Shundan so‘ng tikuvchilik sirlarini o‘rgana boshladim. Bir kuni qo‘limga bejirim ayollar hamyoni tushib qoldi. Adras matosidan did bilan tayyorlangan mahsulot menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday mahsulotlarni tikish usullari, xillari, bozorini o‘rgandim. 2016-yil tikuv sexi tashkil qilib, ishni boshlab yubordik. Ishimizning rivojida «Mikrokredit» aksiyadorlik tijorat bankidan olingan imtiyozli kredit juda qo‘l keldi.

Bugungi kunda tikuv sexining buyurtmachilari ko‘p. Bunga sabab buyurtmalar o‘z vaqtida sifatli qilib bajarilmoqda. Shunga yarasha daromad ham oshib bormoqda. Shohida ayni vaqtda yangi biznes reja ustida ish olib borayotgan ekan.

– Yaqinda Prezidentimiz imzolagan «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonda shaxsiy biznesini tashkil etishni xohlovchilar, ilk bor mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishini rag‘batlantirish va ko‘maklashish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangani meni yangi loyihalar ustida ishlashga undadi, – deydi Sh.Hojiyeva. – Kelgusida maxsus mato – dermatin va turli bezaklarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ochmoqchiman.

Hunarmandlik va tadbirkorlik aholi bandligi, turmush farovonligi, oilalar to‘kinligini oshirishning muhim omillaridan biri. Buni yurtimizda shu sohalarga berilayotgan alohida e’tibordan ham anglash mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohida – ishbilarmon hunarmand