Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.09.2017 16:00 Chop etish versiyasi

Shayxontohurda mehnat yarmarkasi: 200 ga yaqin fuqaro ishga joylashtirildi

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi Chaqar mahallasida tuman huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishchi guruhi tashabbusi bilan bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida muqaddam sudlangan ishsiz fuqarolar, aliment to‘lovchi ishsizlar hamda tumanda yashovchi vaqtincha ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy muhofazaning samarali omillaridan biridir. Shuni inobatga olgan holda tumanda ishsiz, kam ta’minlangan oila a’zolari, muqaddam sudlanganlar va ayni paytda aliment to‘lovchi ishsizlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yarmarkada tumanning 30 ish beruvchi subyekti 880 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Tadbirda 200 ga yaqin fuqaro ishga joylashtirildi.

Davron Sunnatov, O‘zA
2 827






Все о погоде - Pogoda.uz