Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatida bo‘lganida, baliq yetishtirish hajmini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Prezident tashrifidan so‘ng 

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatida bo‘lganida, baliq yetishtirish hajmini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. Ushbu topshiriq ijrosi ta’minlansa, joriy yilda Samarqand viloyatida 10 ming tonna baliq yetishtiriladi.

Rejaga ko‘ra bu yil viloyatda 6 ming 620 tonna baliq yetishtirish mo‘ljallanayotgan edi. Endi uning hajmini qaysi manbalar hisobidan oshirish va buning uchun nimalar qilish kerak? O‘tgan qisqa fursatda tizim xodimlari nimalar qilib ulgurdi?

– Endilikda yetti xazinaning biri sanalgan baliqni Samarqandda ko‘paytirish yanada ommalashadi, – deydi “O‘zbaliqsanoat” uyushmasi raisi Avaz Ergashev. – Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi va hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorlikda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan ming gektarda sun’iy suv havzasi barpo etishga kelishib oldik. Samaradorlikni oshirish, ichki imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun may oyiga qadar o‘nta tumanda yangi baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etiladi. Kattaqo‘rg‘on tumanida 210 gektar, Paxtachida 120 gektar, Narpay tumanida 150 gektar shular sirasidandir. Mavjud xo‘jaliklar va yangi tashkil etiladigan havzalarda Vetnam usulini qo‘llash mo‘ljallanmoqda.

Bu usulning odatiy usuldan bir qator afzal jihatlari mavjud. Misol uchun, Vetnam texnologiyasi uvildiriqlarni intensiv usulda yetishtirish hamda havzalarga yuqori tig‘izlikda o‘tkazishga asoslangani bilan alohida ajralib turadi. Bunday usul baliqlarning omixta yem sarfiga nisbatan rivojlanish sur’ati yuqoriligi, kasalliklarga chidamliligi bilan ahamiyatlidir. Oddiy usulda bir gektar havzadan o‘rtacha 15-20 sentner baliq olinsa, Vetnam texnologiyasida bu ko‘rsatkichni 150-200 sentnergacha yetkazish mumkin. Shu bois baliq eksport qilish bo‘yicha Vetnam dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bu davlatda baliq mahsulotlari eksporti 7,1 milliard dollarni tashkil etadi. Demak, bu texnologiyani baliqchilik xo‘jaliklarida keng joriy qilish xalqimizni arzon hamda sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali eksport hajmini kengaytirish imkonini beradi.

Viloyatda yangi imkoniyatlar ishga solinishi bilan bir vaqtda mavjud xo‘jaliklarda baliq yetishtirish hajmi oshiriladi. Buning uchun Vetnam texnologiyasi keng joriy etiladi. Misol uchun, Samarqand tumanidagi «Luqmai halol» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «Oq Amur» fermer xo‘jaliklari qo‘shimcha ravishda 500 tonna, Pastdarg‘om tumanidagi «Zerkalniy karp» xo‘jaligi 100 tonna baliq yetishtiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida baliqchilikni sun’iy havzalarda “qafas” usulida rivojlantirish uchun ham qulay imkoniyatlar mavjud. Endi viloyatdagi to‘rtta suv omboridan ham unumli foydalanish maqsadida qo‘shimcha 100 sadok ya’ni «qafas» qo‘yiladi. Ularda birinchi yildayoq 300 tonna baliq olish mumkin.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, qafasda baliq yetishtirishning afzal jihatlari o‘ziga xos bo‘lib, hovuz suvini yangilab turish imkoniyati bo‘lgan oilalar ham bundan foydalanishi mumkin. Bunda baliqlar kichik suv havzalari va suvni isrof qilmaydigan yopiq tizimlarda yetishtiriladi. Intensiv usulda kichik hajmli, ixcham basseynlar va suv ta’minoti tez almashinadigan kichik oqar suv hovuzlarida baliqlar yuqori tig‘izlikda parvarishlanadi. Oqar suvlar isrofsiz irrigatsiya tizimiga qaytariladi. Shuningdek, suv harorati va kislorod miqdori mo‘tadil bo‘lishi orqali qisqa muddatda baliq yetishtirish imkonini beradi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bu usulning imkoniyatlari va istiqboli katta. Misol uchun, Vetnamda 4 ta sadokka bitta oila qaraydi. Demak, 4 ta sadok butun oilani boqadi. Ta’kidlash joizki, vetnamliklar bu ishga ilmiy asosda yondashgani bois, bir qafasda 3,5 tonnadan 4,5 tonnagacha, ayrim hollarda 5 tonnagacha baliq olinadi.

Bu tajribani ommalashtirish va tomorqalarda kichik suv havzalari tashkil etib, intensiv usulda baliq yetishtirish juda qulay va samarali. Tomorqadagi 2 sotixlik havzada bir yilda 12 tonnagacha baliq yetishtirish mumkin ekan
ligini olimlarimiz isbotladi. Bu loyiha taqdimoti Navoiy viloyatida Prezidentimizga manzur bo‘lgani bois, Navoiy viloyati tajribasi sifatida yo‘lga qo‘yish, uylarda shunday havzalar tashkil etib, ularni chavoq va ozuqa bilan ta’minlash tizimini hududning o‘zida yaratish zarurligini ta’kidlagan edi.

Bu usulni ommalashtirish uchun, avvalo, xonadonda baliq yetishtirish uchun uy egasidan nimalar talab etilishi bilan ko‘pchilik qiziqishi tabiiy, albatta.

– Bunda yer osti suviga yaqin joylashgan tomorqalarda nasos orqali suv olinib, 3x4 hajmda basseynlar quriladi, – deydi “O‘zbaliqsanoat” uyushmasi raisi Avaz Ergashev. – Samarqandda ana shu usulni rivojlantirish uchun Jomboy tumanidagi 42 xonadon tanlab olindi. Hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ularga baliq chavoqlari yetkazilib, maslahatlar berib boriladi. «Samarqand baliq tayyorlov savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati markazlashgan holda xo‘jaliklarga baliq uchun turli ozuqalar va yem yetkazib beradi. Aholi esa yerdan unumli foydalanish orqali daromad oladi, ish bilan ta’minlanadi va turli soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, bu tumanda «Zarafshon turizm stor» fermer xo‘jaligi tashkil etib, Vetnam va Xitoy texnologiyasi asosida qisqa muddatlarda 100 tonna baliq yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

Ha, yaqin-yaqingacha yurtimizda baliqchilik tarmog‘i istiqboliga shubha bilan qaraydiganlar ko‘pchilikni tashkil etardi. Ular bu yo‘nalishning xarajati daromadidan ko‘proq, tashvishlari ham o‘ziga yarasha ekanini isbotlashga urinishardi. Ammo, mamlakatimizda sohani rivojlantirish uchun yetarli hajmda suv resurslari mavjudligi va baliqchilikka qiziqayotgan ko‘pgina tadbirkorlarning fidoyiligi bois sohada yuksalish boshlandi.

Xo‘sh, baliqni ko‘paytirish nega kerak? Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurak-qon tomir kasalliklarida, qonda xolesterin darajasi ko‘tarilganda, kamqonlik, behollik va jismoniy zo‘riqishda, nevroz, teri kasalliklari, podagra va revmatizmda, ko‘rish qobiliyati sustlashganda parhezbop go‘sht koni foydadir. Bolalar baliqdan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishi natijasida kariyes, soch to‘kilishi, bo‘qoq dardlaridan forig‘ bo‘ladi.

Shu bois ham shifokorlar vitamin va minerallarga boy ushbu mahsulotni yil davomida 6-8 kilogramm iste’mol qilishni tavsiya etadi. Demak, baliq mahsulotlarini ko‘p yetishtirish, qayta ishlash va aholi o‘rtasida iste’molini bir necha baravar ko‘paytirish millionlab kishilar salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi. Prezidentimiz tomonidan baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha berilayotgan topshiriqlardan ko‘zlangan pirovard maqsad ham shu. Samarqand viloyatidagi loyihalar esa bu mahsulot yanada ko‘payib, arzonlashishini ta’minlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandga qancha baliq kerak?