Qoraqalpog‘iston Respublikasida 53 ming gektar maydonda yetishtirilgan bug‘doy o‘rim-yig‘imiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

Olib borilgan puxta agrotexnik tadbirlar natijasida bu yil ham mo‘l hosil yetishtirildi. Sanoqli kunlardan keyin qirmizi donni o‘rib-yig‘ib olish ishlari boshlanadi.

Shu munosabat bilan joylarda bug‘doy o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan tayyorgarlik ishlarining borishi bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda.

Ellikqal’a tumani Amirobod ovulidagi “Suvir olaqayish” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan tadbir ham hosilni tez va sifatli o‘rib olishda texnikalarning tayyorgarligi, mavsum yumushlarini yuqori tashkilotchilik va uyushqoqlik bilan olib borish masalalariga bag‘ishlandi. Ko‘rgazmali seminarda qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, mashina-traktor parklari rahbarlari, fermerlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar vakillari ishtirok etdi.

– Bu yil 35,7 gektar maydonda g‘alla yetishtirdik, – deydi “Suvir olaqayish" fermer xo‘jaligi rahbari Mirza Soburov. – Hosil juda yaxshi. Davlatga g‘alla topshirish shartnomasini ortig‘i bilan bajaramiz. Shuningdek, 45 gektar maydondagi g‘o‘za parvarishi ham ko‘ngildagidek. Ayni paytda g‘o‘za paykallariga birinchi suv taralmoqda.

Bu yil tuman bo‘yicha 262 fermer xo‘jaligi dalalarida bug‘doyning “Krasnodar”, “Yaksart”, “Polovchanka” singari serhosil navlari parvarishlandi.

Tumanda g‘allani o‘rib-yanchib olishda qatnashadigan 18 kombayn soz holga keltirilib, 12 otryadga biriktirildi. Hosilni peshma-pesh omborlarga tashish uchun 50 avtoulov ajratilib, don qabul qilish shoxobchalarida tosh-tarozi davlat standartidan o‘tkazilib, tayyor qilib qo‘yildi.

Tadbirda yetishtirilgan bug‘doy hosilini nes-nobud qilmay o‘rib-yanchib olish uchun belgilangan zarur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq g‘allazorlar, xirmon va omborxonalarda, elevatorlarda yong‘inning oldini olish choralari ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.

Joriy g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 185 kombayn, 310 yuk avtomashinasi, 712 traktor, 990 tirkama ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu texnikalar 104 otryadga birlashgan holda hosilni nes-nobud qilmay o‘rib-yanchib olishda qo‘l keladi.

Ana shunday mavsumoldi tayyorgarlik ishlarining borishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar To‘rtko‘l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmali seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasida g‘alla o‘rim-yig‘imiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi