Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 20:50 Chop etish versiyasi

“Qishloq qurilish bank”ning yangi xizmatlari va omonatlari

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” mijozlarga zamonaviy va qulay yangi xizmatlarni joriy etib kelmoqda.

Shu kunlarda bank tomonidan jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan, Android va iOS platformasi asosida ishlaydigan, mobil qurilmalar uchun zamonaviy dastur bo‘lgan “QQB Mobile” ilovasi ishga tushirildi.

Ushbu dastur yordamida mijozlar o‘zlarining mobil qurilmalari orqali turli to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:
- uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- internet provayderlar va raqamli televideniye xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirish;
- iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
- onlayn Smart-Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;
- ATB “Qishloq qurilish bank” tizimi ichida mablag‘larni bir plastik kartadan boshqa kartaga o‘tkazish;
- Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish.

Mablag‘larni ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida o‘tkazish bepul.

Shuningdek, “Munis” to‘lov tizimi orqali turli xil xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar foydasiga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidan quyidagi usulda foydalanishlari mumkin: “QQB Mobile” dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi uyali aloqa telefonlari orqali PlayMarket ilovalaridan “QQB Mobile” ilovasi yuklab olinadi.

“Qishloq qurilish bank” tizimida mijozlar uchun “Depozit banking” mobil xizmati orqali ham xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bank omonatchilari mazkur mobil dastur yordamida o‘z depozit hisobraqamlaridagi mablag‘lar doirasida naqdsiz amaliyotlarni bank muassasalariga kelmasdan, shaxsiy mobil telefonlari orqali bajarishi hamda omonatlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bunda muassasa mijozlari “Depozit banking” mobil dasturidan xavfsiz foydalanishlari uchun maxsus login va parollar bilan ta’minlanadi.

Omonatlarga hisoblangan foizlarni chiqim qilish, muddati to‘lgan omonatlarni to‘liq yoki qisman qayta rasmiylashtirish dastur taqdim etadigan xizmatlardan hisoblanadi. Agar mijoz omonatini qisman rasmiylashtirmoqchi bo‘lsa, oradagi farq qiladigan summa uning talab qilib olinguncha hisobraqamiga avtomat tarzda o‘tadi. Bunda omonatni naqdsiz yopish yoki omonatni muddatidan oldin naqdsiz yopish amallari bajariladi.

Omonatlarni yopishda yoki ularga hisoblangan foizlarni chiqim qilishda omonat va unga hisoblangan foiz summalari ham avtomat ravishda hisoblanadi. Hisoblangan ustamalarni jismoniy va yuridik shaxslarning hisob raqamlari yoki “Qishloq qurilish bank” tomonidan jismoniy shaxslarga emissiya qilingan plastik kartalarga o‘tkazib berish mumkin.

Bundan tashqari, mijozlar “Depozit banking” mobil dasturi yordamida omonat shartlari, omonat hisobvaraqlari aylanmasi hamda ularning muddatlari tugaganligi to‘g‘risida “SMS-xabarnoma” oladi.

Hozir bankning jamg‘arma kassalarida omonatchilar bilan amaliyotlar bajarilishida omonatchi bilan bank o‘rtasida tuziladigan depozit shartnomalari, kirim va chiqim orderlari avtomatlashtirilgan tizim orqali chop etilishi, omonatchilarga omonat mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini beradigan “SMS-omonat” xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, omonatchilarning vaqtlarini tejash bilan birga, ularga sifatli va qulay bank xizmatlarini ko‘rsatishga sharoit tug‘dirmokda.

Aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag‘batlantirish, fuqarolarga qulayliklar yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qishloq qurilish bank” bir qator yangi omonat turlarini ham joriy etdi.

Xususan, Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zi olam”, “Ko‘klam”, “Boychechak”, “Onlayn”, “Stimul” nomli yangi muddatli omonat turlari joriy etildi.

“Navro‘zi olam” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 12 oydan 24 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

“Boychechak” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

“Ko‘klam” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

“Nafosat” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

Mazkur omonatlarga mablag‘lar 2017 yil 30 iyun kuniga qadar (30 iyun kuni kirmagan holda) qabul qilinadi.

Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi, omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan. Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.

“Onlayn” omonatiga jismoniy shaxslarning ish haqi hamda boshqa daromadlari hisobidan ATB “Qishloq qurilish bank” va boshqa banklarning plastik kartochkalarida shakllangan mablag‘lar qabul qilinadi.

Omonatga mablag‘lar 2017 yil 31 dekabr kuniga qadar (31 dekabr kuni kirmagan holda) 8 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi. Omonatga qabul qilinadigan summaning eng kam miqdori 1 000 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda.

Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar omonatchining arizasiga asosan omonatchining plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.

“Stimul” omonatiga mablag‘lar xorijiy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 2017 yil 30 iyun kuniga qadar (30 iyun kuni kirmagan holda), AQSh dollarida 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi, omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan.

Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha kungi kursi bo‘yicha milliy valyutada to‘lab beriladi.

Muxtasar aytganda, “Qishloq qurilish bank” mijozlarning talablaridan kelib chiqib, aholi uchun zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘rsatish orqali mamlakatimiz bank-moliya sektorida shiddat bilan sodir bo‘layotgan yangilanish jarayonlaridagi o‘z ishtirokini yanada faollashtirishga intilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99871) 150-39-93, 150-93-39, www.qqb.uz

Videorolikka havola:
https://www.youtube.com/watch?v=MPgCclmS4rk

Банк axborot xizmati.
Xizmatlar litsenziyalangan. 
Reklama huquqi asosida.

11 757






Все о погоде - Pogoda.uz