Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlab, aholiga sifatli, servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qilayotir.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlab, aholiga sifatli, servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qilayotir. Xususan, asalarichilikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Qashqadaryo viloyatida joriy yilda asalari oilalari sonini 68 ming 725 taga yetkazish, 1 ming 310 tonnadan ziyod shifobaxsh mahsulot olish rejalashtirilgan.

– O‘tgan yili noqulay ob-havo oqibatida asal yetishtirishda ko‘ngildagidek natijaga erishilmadi, – deydi “Qashqadaryo asali” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Karim Xonnazarov. – Qish biroz sovuq kelganidan asalarichilik xo‘jaliklarida talafot ko‘p bo‘ldi. Bu yil mavsumni samarali boshladik. Naslchilik xo‘jaliklarida zotli arilarni ko‘paytirib, asalari paketlarini talafot ko‘rgan xo‘jaliklarga tarqatdik. Oziqasini yetkazib berishga ko‘maklashdik. Ayni paytda barcha xo‘jaliklarda birinchi bosqich asalni yig‘ib olish ishlari yakunlandi. Yangi tashkil etilgan asalarichilik xo‘jaliklari tijorat banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, o‘z vaqtida imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Ular zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Bunday jihozlar viloyatning o‘zida tayyorlanayotgani ishimizni yengil qilayotir. Aholining ushbu shifobaxsh ne’matga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish bilan birga, mahsulotni eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirganmiz.

Asalari boqish g‘oyat mashaqqatli ish. U asalarichidan og‘ir mehnat, tajriba va sohaga oid chuqur bilim talab qiladi. Boshqacha aytganda, asalchi ariday mehnatkash va sabr-toqatli bo‘lishi kerak.

– Shu ish bilan shug‘ullanayotganimga 33-yildan oshdi, – deydi chiroqchilik Abdurahmon Boboyev. – Hozirgi kunda 700 dan ziyod asalari oilasini parvarishlamoqdamiz. Har bir asalari oilasidan yiliga 20-25 kilogramm asal olamiz, o‘rtacha 15 tonna mahsulotni bozorga chiqaramiz. Uch o‘g‘lim ham kasbimni davom ettirmoqda. Ular mening ko‘makchilarim. Asalarichilikda yalqovlik yaramaydi. Tog‘ni-tog‘, cho‘lni-cho‘l demay, qiyinchiliklarga chidab qancha uzoq masofaga borilsa, hosildorlik ham shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, biz mart oyining boshidan hatto Jizzax, Sirdaryo viloyatlarigacha boramiz. Daromad ham shunga yarasha bo‘layapti.

Xo‘jalikda naslchilik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asalari oilalari ko‘payishida naslchilik ishlarining muntazam olib borilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, o‘tgan yili xo‘jalik a’zolari 3 mingdan ziyod "Karpat" zotli ari yetishtirib, boshqa xo‘jaliklarga tarqatgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 5 mingni tashkil etdi.

Viloyat markaziy davlat o‘rmon xo‘jaligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda belgilangan dasturga asosan 520 aholi xonadonida 4-5 tadan asalari oilasi tashkil etish mo‘ljallangan.

– Neft-gaz sohasida ishlayman, – deydi kosonlik Oybek Boqiyev. – Yosh oila sifatida o‘tgan yili tumanimizdagi namunali loyiha asosida qurilgan uylardan biriga ega bo‘ldik. Mo‘jazgina hovlida nima qilish mumkin ekan, deb o‘ylab yurgan kezlarim qaynotam asalarichilik bilan shug‘ullanishni taklif qildi. Shu bahona 10 oila asalari oldik. Atrofimizda dala, bog‘, umuman, turli ekinlar bisyor. Har 5-10 kunda joyini o‘zgartirib turdik. Yil oxirida hisoblab qarasak, har oiladan 15-18 kilogrammdan asal olibmiz. Iste’moldan ortganini bozorda sotdik. Yaxshigina pul bo‘ldi. Qiziqish yanada ortdi. Shuning uchun bu yil asalari oilalarini beshtaga ko‘paytirdik.

Buyuk ajdodimiz, tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida asalni inson salomatligi uchun eng yaxshi shifo vositasi sifatida ta’riflagan. Uni muntazam iste’mol qilish tananing tashqi muhit ta’sirlariga qarshi kurashish quvvatini oshiradi, kasallikning yengil kechishiga yordam beradi.

Turmush farovonligi oshishiga monand aholining mahsulotga bo‘lgan talabi va iste’mol madaniyati ham yuksalmoqda. Iste’molchi talabi asosida ish yuritgan tadbirkor yutqazmaydi. Asalni chiroyli, bejirim va xaridorbop idishda qadoqlash davr talabiga aylandi.

Viloyatda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kitob tumanidagi “Nektar kafolat” xususiy korxonasi tabiiy asalni yog‘och idishlarda qadoqlashni yo‘lga qo‘ygan. Bunda asalning sifati uzoq vaqtgacha buzilmaydi, xaridorgirligi ham yuqori bo‘ladi. “Koson yog‘-ekstraksiya” aksiyadorlik jamiyati ham korxonaga qarashli asalarichilik xo‘jaligida yetishtirilgan asalni iste’molchilarga bejirim idishlarda qadoqlangan holda yetkazib bermoqda.

Viloyatda asalarichilik tarmog‘ida erishilgan ijobiy natijalar bilan birga, ayrim kamchiliklar ham mavjud. Yetishtirilayotgan mahsulotni saqlash va qadoqlash uchun maxsus bino ajratilmagan. Eksportni rivojlantirish uchun olinadigan kredit mablag‘iga garov ta’minoti, asalari oilalarini mavsumda hududlarga joylashtirish, sohada ishlatiladigan asbob-uskunalar tanqisligi, kredit ajratish bilan bog‘liq masalalar yirik asal ishlab chiqaruvchilar uchun muammoligicha qolmoqda.

Asalarichilik – serdaromad soha. Qashqadaryo vohasi ari boqish, ko‘paytirish va mahsulot yetishtirish uchun juda qulay tabiiy sharoitga ega. Bunday imkoniyatdan samarali foydalanish, asalarichilikni yanada rivojlantirish aholini arzon va shifobaxsh mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyatida joriy yilda 1 ming 300 tonnadan ziyod asal yetishtiriladi