Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, meva-sabzavot eksporti hajmini yanada oshirishga keng imkon yaratayotir.

Andijonda bog‘dorchilik, sabzavotchilik borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Sohaga ilg‘or texnologiya va tajribalar tatbiq etilayotgani sifat va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Viloyat mirishkorlari bog‘ ko‘chat oralariga, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga sabzavot va poliz ekinlarini ekish hadisini olgan.

Xo‘jaligimiz 2015-yilda tashkil etilgan. 181 gektar maydonda dehqonchilik qilamiz. Joriy yilda asosiy maydonga bug‘doy, 50 gektar yerga bulg‘or qalampiri, 5 gektar maydonga ukrop ekdik.

Bulg‘or qalampiri zarur agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Ko‘chatlarning avji yaxshi, nasib etsa, hosildorlik yuqori bo‘ladi. Ukropdan sifatli urug‘ olishni rejalashtirganmiz.

Fermer xo‘jaliklarini ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirish, ularning qoshida ishlab chiqarish, qayta ishlash korxonalari tashkil etishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar biz, fermerlarni yangi marralar sari ruhlantirmoqda.

Xo‘jaligimizda mevani qayta ishlash korxonasi tashkil etish tashabbusi bilan chiqdik. Viloyat hokimligi tomonidan xo‘jaligimizga tuman markazidagi foydalanilmay turgan bino ajratib berildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki viloyat bo‘limidan 850 ming dollar miqdorida kredit olib, binoni qisqa muddatda modernizatsiya qildik. Shu kunlarda xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologik liniyalar o‘rnatilmoqda. Korxonani joriy yilning ikkinchi yarmida ishga tushirishni mo‘ljallamoqdamiz.

Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 15 ming tonna mevani qayta ishlash imkoniyati yaratiladi, 150 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Mazkur loyiha doirasida 2 ming tonnalik meva-sabzavot muzlatgichi ham barpo etiladi.

Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi davomida ushbu loyiha taqdimoti bilan ham tanishdi. Loyiha yuzasidan tavsiya va maslahatlar berdi. Suhbat davomida mamlakatimiz iqtisodiyotini, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan mana shunday ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Prezidentimiz biz, fermerlarga katta ishonch bildirdi. Bu barcha fermerlar, jumladan, menga ham yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.

Bu ishonchni oqlash, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solib, astoydil mehnat qilamiz.

Husniddin Karimov,

Asaka tumanidagi “Obod turmush orzusi”
fermer xo‘jaligi rahbari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz ishonchi biz fermerlarga yanada katta kuch-g‘ayrat bag‘ishladi