Mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati Parkent tumanida “Parkent-farm” va Bo‘stonliq tumanida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarning bugungi kun talablari asosida faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida tumanlarda maxsus komissiyalar tuzildi.

Ayni paytda “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

– Tumanimizning Qoraqalpoq mahallasi hududida dorivor o‘simliklar yetishtirish va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 17 gektar yer maydoni ajratildi, – deydi “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi rahbari J.Odilov. – Hududda umumiy qiymati 21 million dollardan ziyod bo‘lgan 7 istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu 250 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Loyihada qatnashayotgan “Ravnaq davr invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tumandagi Bo‘ston mahallasi hududidan 15 xildagi dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun 18 gektar yer maydoni ajratilgan. “So‘qoq gilosi” fermer xo‘jaligi tomonidan tuman hududidagi 53 gektar yer maydonida 50 xil dorivor o‘simliklar yetishtirilib, qayta ishlash zavodi quriladi. “Zamona Ra’no” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Boshqizilsoy mahallasidan dorivor giyohlarni o‘stirish va korxona bino-inshootlari qurish uchun 122 gektar yer maydoni ajratilgan. Ayni paytda ushbu hududlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha loyihalarning manzilli ro‘yxati hamda tarmoq jadvallarini shakllantirish ishlari davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumanidagi “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida ham ishlar avjida. Tumandagi “Kichiksoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida dorivor o‘simliklar yetishtirish va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ihtisoslashgan loyihalar uchun 104,5 gektar yer maydoni ajratilgan.

Kelgusida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida umumiy qiymati 46 million dollardan ortiq 4 istiqbolli loyiha amalga oshiriladi. Bu bilan 230 ga yaqin kishining doimiy bandligi ta’minlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda