Markaziy Farg‘ona suv omborida "Dolina Liana" korxonasi 40 dona sadokda 100 tonna baliq yetishtirib, 132,2 million so‘m foyda oldi. Korxona joriy yilda sadoklar sonini 90 taga yetkazib, 270 tonna baliq yetishtirishni rejalashtirmoqda.

Mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining parhez mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, narx-navo barqarorligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Baliq va baliq mahsulotlari tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan oqsil moddasi mavjud. Tarmoq rivoji aholining aynan oqsilga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, oziq-ovqat ta’minotiga ijobiy ta’sir qilib, turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyatida baliqchilikka ixtisoslashgan 250 dan ziyod fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda viloyatda 5 ming 810 tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan.

Prezidentimizning 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Hududlarda baliqchilikni rivojlantirish maqsadida manzilli dastur ishlab chiqilib, ijrosi to‘liq ta’minlanayotir.

Viloyatda baliq chavoqlarini yetishtirib beruvchi xo‘jalik va korxonalar soni yildan-yilga ortmoqda. Quvasoy shahridagi "Omad", Bag‘dod tumanidagi "Sho‘rtepa Oydin ko‘li", Buvayda tumanidagi "Yoqubali" fermer xo‘jaliklari, Farg‘ona shahridagi "Buloq" va Beshariq tumanidagi "Saxovatli ummon ne’mati", "Baliq" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari ana shular sirasidandir. Joriy yilda qo‘shimcha yana 10 million dona baliq chavog‘i yetishtiriladigan yangi sex ochildi.

Buvayda tumanidagi “Yoqubali” fermer xo‘jaligida baliq yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Xo‘jalik tasarrufidagi 41 gektar maydondagi sun’iy ko‘llarda sazan, do‘ngpeshona va oq amur baliqlari parvarishlanmoqda.

– Xo‘jaligimiz asosan baliq chavog‘i yetishtirish bilan shug‘ullanadi, – deydi “Yoqubali” fermer xo‘jaligi rahbari Alijon Abdurazzoqov. – Shartnoma asosida Farg‘ona vodiysidagi baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga sazan, oq amur, oq va qora do‘ngpeshona baliq chavoqlari yetkazib bermoqdamiz. O‘tgan yili 30 tonna tovar baliq yetishtirgan bo‘lsak, joriy yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirishni rejalashtirganmiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada baliqchilikka ixtisoslashgan 250 dan ziyod fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda