Olis ovullarda istiqomat qilayotgan 102 ming 35 xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda
Mamlakatimizda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni qisqa muddatlarda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni qisqa muddatlarda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qish mavsumiga tayyorgarlik, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, ichimlik suvi bilan ta’minlash, qish-bahor mavsumi uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Aniqlangan kamchilik va muammolar o‘z joyida bartaraf etildi.
Mamlakatimizda odamlarning kundalik hayoti, salomatligi va kayfiyatiga bevosita daxldor masalalar – kommunal xizmatni tubdan yaxshilash, uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlaridan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini yuksaltirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 22-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Respublika ishchi guruhi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlarining chekka ovullarida bo‘ldi, Nukus shahridagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisidan mazkur yo‘nalishda shu kunga qadar 2 ming 550 dan ziyod murojaat kelib tushgan. Ularning 1 ming 596 tasi to‘liq qanoatlantirilgan, qolganlari o‘rganilmoqda. Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar jarayonida ana shunday murojaatlardan 32 tasi bevosita joyida hal etildi. Xususan, 5 xonadon ichimlik suvi tarmog‘iga ulab berildi, Taxtako‘pir va Chimboy tumanlaridagi avariya holatida bo‘lgan ichimlik suvi quvurlari ta’mirlandi. Olis ovullar aholisiga 2 maxsus mashinada doimiy ravishda ichimlik suvi tashish yo‘lga qo‘yildi.
Aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida “Shimolgazta’minot” unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida 2017-2018- yillar kuz-qish mavsumida 14 kilometr tabiiy gaz tarmog‘ini mukammal ta’mirlash, 19,5 kilometrlik tarmoqni rekonstruksiya qilish, 5 ming 36 dona gaz taqsimlash qurilmasini taftish etish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda bu ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Hududda gaz bilan ta’minlanmagan yoki tabiiy gaz ta’minoti tanqis bo‘lgan ovullarda istiqomat qilayotgan 102 ming 35 xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlanayotir. Shu maqsadda 156 ming 515 dona gaz ballonidan foydalanilmoqda. Joriy yilda aholiga ajratilgan suyultirilgan gaz hajmi 12 ming 460 tonna bo‘lib, shu kunga qadar 10 ming 215 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Bu boradagi ishlar natijalarini tahlil qilish maqsadida ishchi guruh a’zolari eng chekka hududlardagi cho‘ponlar holidan xabar olishdi. 400 dan ziyod cho‘pon xonadoniga zaxirasi bilan gaz balloni va gaz plitalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Qorao‘zak tumanining “Qo‘yboq” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan chorvachilikka ixtisoslashgan shirkat xo‘jaligi cho‘ponlari bilan uchrashuv ochiq suhbat, qizg‘in muloqot tarzida o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qish mavsumi uchun hammasi bo‘lib 48 ming tonna ko‘mir keltirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 23 ming tonna ko‘mir aholiga yetkazib berildi. Kuni kecha 18 vagonda 1 ming 242 tonna ko‘mir Angrendan yetib keldi. Keyingi uch kun davomida 2 ming 250 tonna ko‘mir yoqilg‘isi keltirib, Amudaryo, Ellikqal’a va Qorao‘zak tumanlari aholisiga, tashkilot va muassasalarga yetkazib berildi.
So‘nggi 7 yilda Orolbo‘yida 223 yangi massiv barpo etilishi natijasida xonadonlar soni ortib, ularni kafolatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha 636 kilometr elektr tarmog‘i va 268 transformator punkti qurish talab etilmoqda. Ishchi guruh tomonidan ahvolni o‘rganish jarayonida Beruniy, Taxiatosh, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot va Amudaryo tumanlarida 7 transformator punkti o‘rnatilib, 1 mingga yaqin aholining elektr ta’minoti yaxshilandi.
Xo‘jayli tumanining eng chekka hududi – “Samanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududi aholisi ham anchadan buyon elektr ta’minotidagi tez-tez uzilishlardan qiynalayotgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edi.

– Ovulimiz hududida keyingi yillarda aholi ko‘payib, xonadonlar soni ortib bormoqda, – deydi ovul fuqarolar yig‘ini raisi Inomjon Eshniyozov. – Ayni paytda jami 9 aholi punktida 8 ming 500 dan ziyod kishi istiqomat qiladi. “Tuyakash” aholi punktida yashovchi 210 xonadonga eski podstansiyaning kuchi yetmay, elektr ta’minotida uzilishlar tez-tez uchrayotgan edi. Shuning uchun aholi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edi.
Aholi murojaati asosida “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qisqa fursatda bu yerda 250 kVt kuchlanishdagi yangi elektr podstansiyasi o‘rnatildi. Natijada aholi punktida yashovchi barcha xonadonda elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, uzilishlar barham topdi.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 51 foizni tashkil etadi. Ichimlik suvi tarmoqlarining uzunligi 5 ming kilometr bo‘lib, tarmoqni rivojlantirish uchun yana 455 kilometr suv liniyalari qurish taqozo etiladi. Shuningdek, 1 ming 260 ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga 94 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatmoqda. Ko‘p qavatli uy-joy fondini qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan dasturda belgilangan vazifalar ijrosi uchun 14 milliard 290 million so‘m kredit mablag‘i ajratish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 15 milliard 166 million so‘m ajratilgan.
Quyoshli o‘lkamizda yoz-kuz oylari pishiqchilik mavsumi hisoblanadi. Hosilni yig‘ishtirib olish ishlari yakunlangach, mahsulotlar nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, ularni el dasturxoniga uzluksiz yetkazib berish, qishning sovuq pallasida ham bozorda narx-navo oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublika ishchi guruhi a’zolari bu boradagi ishlarni chuqur o‘rganib, tizimli tahlil qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida shahar va tumanlardagi aholi soni hamda ichki bozor ehtiyojidan kelib chiqqan holda, 2017-2018-yillar qish-bahor mavsumi uchun joriy yilning 1-dekabriga qadar 31 ming 791 tonna asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasi yaratiladi. Bu ishlarni sifatli amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan 3 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxini barqarorlashtirish maqsadida dehqon bozorlarida yarmarkalar tashkil etildi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari davomida 21 kilometr yo‘l ta’mirlandi, 8 umumta’lim maktabi, 5 maktabgacha ta’lim muassasasi, 12 qishloq vrachlik punktida isitish tizimiga oid kamchiliklar bartaraf qilindi. Kam ta’minlangan, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj 500 ga yaqin oilaga maishiy texnika vositalari va uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
O‘rganishlar yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga tayyorlash ishlarining bugungi holati tahlil etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.