FIN SAYYOHLARI VA TADBIRKORLARI YAQIN KUNLARDA O‘ZBEKISTONGA KELADI

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi joriy yilning uchinchi choragidan boshlab ipak qurti g‘umbagidan yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi. Buning uchun kerak bo‘ladigan uskunalar xitoy kompaniyalariga buyurtma qilindi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, bir litr g‘umbak yog‘i jahon bozorida 200 dollar atrofida baholanadi. Hozirga qadar ipak qurti g‘umbagining bir kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalari uchun ozuqa sifatida 3-4 ming so‘mga sotilgan. Ushbu mahsulot aralashmasidan tayyorlangan tibbiyot surtmalari jarrohlikdan keyin hosil bo‘ladigan chandiqlarni yo‘qotish, soch to‘kilishini oldini olish xususiyatiga ega. Undan kosmetologiya sohasida, sovun, shampun ishlab chiqarish sanoatida keng foydalanish mumkin.

Ana shunday qiziqarli ma’lumotlar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi B.Sharipov va Finlandiya halqaro biznes hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti direktori, Fin Fond vakilli Birgit Nevala bilan uchrashuvi chog‘ida keltirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Finlandiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish doirasida ipak qurti g‘umbagidan yog‘ olish, fin tadbirkorlari va sayyohat ishqibozlarini uyushma tashkil etayotgan hunarmand kasanachilar mahallasiga tashrifini tashkil etish orqali tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Pilla.jpg

Endilikda pillachilik tarmog‘iga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi. Davlat bojisiz ko‘p martalik vizalar berish, muddatini uzaytirish, vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish amalga oshiriladi.

– O‘zbekistonning bu qadar rivojlangan, obod yurt ekanini bilmagan edim, juda katta tassurotlarga ega bo‘ldim, – deydi Finlandiya halqaro biznes hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti direktori, Fin Fond vakilli Bergit Nevala. – Finlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida o‘xshashlikni topdim, ular boshqalarga hurmat ko‘rsatuvchi, tortinchoq. Bugungi uchrashuv juda muhim bo‘ldi. Finlandiya kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan sohalarni muhokama qildik. Tezroq ipakchilik va sayyohlik borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidamiz. Eng avvalo, ipak sayyohligini yo‘lga qo‘yib, tutzorlar yaratishda ishtirok etamiz. Kesilgan tut shoxlaridan hamkorlikda mebel sanoati uchun kerakli mahsulotlar ishlab chiqaramiz.

— Hozirga qadar Yevropani ayrim davlatlari bilan ipak matolar yetkazib berish borasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi B.Sharipov. – Lekin, shimoliy yevropa davlatlari — Norvegiya, Finlandiya bilan hozirga qadar hamkorlik aloqalari yo‘q edi. O‘rganishlarimiz ushbu mamlakatlarda bizda chiqadigan mahsulotlarga talab yuqori ekanini ko‘rsatdi. Mehmonimiz ham bir necha yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda. Fin Fond uzoq muddatli investitsiya kiritishga rozilik berdi.

Uchrashuv yakunida bir guruh fin sayyohlari va tadbirkorlari yaqin kunlarda O‘zbekistonga kelishi, yog‘ ishlab chiqarish va tutzorlar yaratish borasida kelishuvga erishildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ipak qurti g‘umbagidan yog‘ olinadi