Mamlakatimizda joriy yilda 1 million gektardan ortiq yerga takroriy ekinlar ekildi. Natijada 2,5 trillion so‘m daromad kutilmoqda.

Mamlakatimizda joriy yilda 1 million gektardan ortiq yerga takroriy ekinlar ekildi. Natijada 2,5 trillion so‘m daromad kutilmoqda. Afsuski, bugungi kunda aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Mamlakatimizda bu kabi holatlarning oldini olish, ekin maydonlari va tomorqalardan unumli foydalanish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, joriy yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Endilikda mazkur hujjatlar asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo‘lgan munosabatlar tubdan o‘zgaradi.

Xalqaro press-klub va “Mening bog‘im” teleko‘rsatuvi ijodkorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, sohaga daxldor vazirlik va idoralar mas’ullari, fermerlar, bog‘bon va tomorqa egalari, ekspertlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan farmon va qaroridan kelib chiqadigan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi T.Eshnazarov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B.Yusupov, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ro‘zimetov va boshqalar mazkur hujjatlar mamlakatimizda yer va undan foydalanishning mutlaqo yangi yo‘nalishini boshlab berayotganini alohida ta’kidladi.

– Prezidentimizning farmon va qarori bilan sohada uch asosiy muhim o‘zgarish bo‘layapti, – deydi adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov. – Avvalo, fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarining manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi tuzilma tashkil etildi. Uning huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari kuchaytirildi. Yer egalarining yerga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan mezonlar va nihoyat yerdan foydalanishni rag‘batlantirish, fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarining ishlab chiqarish quvvatini oshirishga doir chora-tadbirlar mustahkamlab qo‘yildi. Qisqa vaqt oralig‘ida tegishli qonun hujjatlariga mazkur farmon va qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi “Barchinoy qizlari” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Dildor Aminova tikuvchilik sexi, fitnes klub, go‘sht mahsulotlari savdosi, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik zavod faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Ularda 70 ga yaqin hamqishlog‘i mehnat qiladi.

– Prezidentimizning farmon va qarori bizni yangicha ishlashga rag‘batlantirdi, qo‘shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratdi, – deydi D.Aminova. – Ayni kunlarda biz faoliyatimizni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan yangi rejalar tuzayapmiz. Buning uchun barcha qonuniy asoslar mavjud. Endigi vazifamiz o‘z mehnatimiz bilan Vatanimiz iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qo‘shish.

Tadbirda lalmi yerlarda bog‘ yaratgan bog‘bonlar, mahsulotlarini xorijga ham eksport qilayotgan, baliqchilik, asalarichilik va o‘zlari yetishtirgan xomashyoni qayta ishlash borasida yaxshi tajriba to‘plagan ilg‘or fermerlar, tomorqa yer egalari tajriba almashdi, fikr-mulohazalarini bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi islohotlar davri boshlanmoqda