Samarqand tumanida “Muzlatgich omborlarida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash: bugungi holat va sohani rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan meva-sabzavot yetishtiruvchi, ularni saqlaydigan va qayta ishlaydigan fermerlar, tadbirkorlar, eksportyorlar, transport xizmati ko‘rsatuvchilar va savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Sohaga zamonaviy ilg‘or texnologiyalar joriy etilayotgani hosildorlikning oshishi va xalqaro standartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimiz meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda ulkan salohiyatga ega. Chunonchi, O‘zbekiston 2014-yilda o‘rik yetishtirish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni, 2016-yilda gilos yetishtirish bo‘yicha beshinchi va olma yetishtirish bo‘yicha 17-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili mamlakatimiz 43 davlatga 818 ming tonna ho‘l va quritilgan meva, sabzavot eksport qildi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 1 million 270 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

– Meva-sabzavot, uzum mahsulotlari yetishtirishdagi jadal o‘sish yurtimizda muzlatgich omborlari tarmog‘ining kengayishiga ham turtki berdi, – deydi AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) loyihasi mutaxassisi M.Isomiddinov. – 2011-yilgacha mamlakatimizda 60 ming tonnaga yaqin mahsulot shunday omborxonalarda saqlangan bo‘lsa, bugunga kelib bu miqdor 1 million 150 ming tonnaga yetdi. Dunyoda muzlatgichlar rivojini kuzatish va rivojlantirish tashkilotining 2016 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston muzlatgichlar quvvati bo‘yicha yetakchi 20 talikdan o‘rin oldi. Bozor rivojlanish indeksida esa mamlakatimiz dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich (219 foiz) ni qayd etgan. Bugungi kunda ushbu sohada jadal ish olib borilayotgan Shimoliy Afrika, Xitoy va Turkiyada ham bu ko‘rsatkich 30 foizdan oshmagan.

Seminarda loyiha mutaxassislari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini sifatli saqlash, saralash, qadoqlash va tashishda keng qo‘llanilayotgan usullar, eksport tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Turli taqdimotlar o‘tkazildi. O‘z navbatida, ishtirokchilar mahsulotni saqlash va eksportga chiqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tajriba almashdi, hamkorlikda ishlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

– Yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatgichlar tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib, 2012-yilda 600 tonnalik sig‘imga ega ombor tashkil etganmiz, – deydi Buxoro viloyati Jondor tumanidagi “Shirin” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rasul Shirinov. – Bu yerda o‘zimiz zaxiraga mahsulot jamg‘aramiz, shuningdek, hududdagi fermer va tomorqachilar yetishtirgan meva-sabzvotlarni saqlaymiz. Korxonamiz tomonidan bu yil 60 tonna uzum, 40 tonna olma va boshqa mahsulotlar jamg‘arildi. Hozirgacha Rossiyaga 40 tonna uzum eksport qildik. Bugungi seminarda faoliyatimizni yanada rivojlantirish borasida ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldim, eksportni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib oldik.

Seminar qatnashchilari Samarqand tumanidagi bir necha muzlatgichlar faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston muzlatgichlar quvvati bo‘yicha yetakchi 20 talikdan o‘rin oldi