Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.06.2018 13:03 Chop etish versiyasi

“O‘zbekinvest” va “Barents Reinsurance SA” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

“O‘zbekinvest” va “Barents Reinsurance SA” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi “Barents Reinsuranse SA” (Lyuksemburg) kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik asosida qayta sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ta’kidlash o‘rinliki, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi xorijiy investorlar va mahalliy eksportchilar manfaatlarini yanada ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ustuvor e’tibor qaratmoqda.

Binobarin, bugungi kunda “O‘zbekinvest” xalqaro sug‘urta bozorining Willis (Buyuk Britaniya), Korean Re (Koreya), Zurich (Shveysariya), Societe de Courtage Re, Skala Broker, Malakut Broker, Glinso Broker, Rosgosstrax SK (Rossiya), Allianz, HDI-Gerling (Germaniya), AXA Corporate Solutions (Fransiya), PICC, Starr Property and Casualty Insuranse (Xitoy) kabi kompaniyalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

Umuman olganda, sug‘urta tizimi korxona va tashkilotlarda hamda jismoniy shaxslar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qaltisliklarni imkon qadar kamaytirish vositasidir. Respublikamizda sug‘urta tizimini tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirib borilayotgani va sug‘urta tashkilotlari soni oshayotgani mazkur sohaning mamlakatimizda izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Shavkat Tohirov, O‘zA
1 686