Nukusda yirik sanoat korxonasi –Roodell recovery mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Yiliga 146 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega mazkur korxonaga zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi, 100 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-21- yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari chog‘ida Nukus shahrida sanoat ishlab chiqarish korxonalarini bunyod etish loyihalari bilan tanishar ekan, chiqindilarni qayta ishlash korxonasini tashkil etish va shu orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida topshiriq bergan edi.O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan olingan 4 million 705 ming dollar miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga bu yerda chiqindilarni saralash va qayta ishlovchi "Roodell recovery" korxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari samarasida aholining bandligi ta’minlanib, yurt obodligi va xalqimiz turmush darajasi yuksalayotganligi ta’kidlandi.
Yiliga 146 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega mazkur korxonaga zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi, 100 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.
– Har kuni 400 tonna chiqindi qayta ishlanadigan korxonamizda asosan yoshlar mehnat qiladi, – deydi korxona rahbari Ikrom Shomurodov. – Juda qisqa fursatda bunyod etilgan zavodimiz chiqindilarni saralaydigan, qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy uskunalar, chiqindilarni tashiydigan maxsus avtomashinalar bilan ta’minlandi. Korxonamiz qurilishining ikkinchi bosqichida qurilish materiallari, avtoshinalar ishlab chiqaradigan sexlar bunyod etiladi.

Korxonada qog‘oz chiqindilar qayta ishlanib, ulardan karton tayyorlansa, polimer chiqindilardan ip tolasi, organik va oziq-ovqat chiqindilaridan issiqxonalar uchun zarur ashyolar, tosh va tuproq chiqindilaridan pishiq va fasad g‘ishtlari, yog‘och chiqindilaridan ko‘mir-briketlar ishlab chiqariladi. Ikkilamchi ishlov berilgan tayyor mahsulotlardan qurilish, to‘qimachilik va boshqa sohalarda xomashyo sifatida foydalaniladi.
– Yangi korxonamiz joylarda chiqindilarning kamayishiga, atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga xizmat qiladi, – deydi korxona ishchisi Bahodir Saparniyozov. – Endilikda hech kimga kerak bo‘lmagan turli chiqindilardan qurilish materiallari, turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Quvonarlisi, bu yerda men kabi ko‘plab yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.