Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 16:24 Chop etish versiyasi

Nukusda yangi uy-joylar ko‘paymoqda

Nukusda yangi uy-joylar ko‘paymoqda Nukus shahri To‘lepbergan Qayipbergenov nomidagi ko‘chada 81 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy binosi qad rostlamoqda.

– Ayni paytda bunyodkorlik ishlari qizg‘in tus olgan, - deydi «Jayhun universal qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari N.Xushanov. – Qurilish mahsulotlari Navoiy sement zavodi, Xo‘jayli g‘isht zavodi va «Evro beton» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan keltirilmoqda.

Namunaviy loyihadagi mazkur uy-joylarni Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
1 288






Все о погоде - Pogoda.uz